Yoritish yuklamalarini ta’minlash reja


Elektr energetika tizimining yuklama grafigi


Download 35.38 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi35.38 Kb.
#1345064
1   2   3
Bog'liq
5-Maruza

2. Elektr energetika tizimining yuklama grafigi
Energetika tizimining yuklamasi vaqt javomida o‘zgaruvchandir. Yuklamaning notekisligi sutkalik, haftalik va yillik notekisliklarga ajratiladi. Yuklamaning sutkalik o‘zgarish xarakterini energotizimning aktiv va reaktiv yuklamalarini sutka davomida o‘zgarishini ko‘rsatuvchi sutkalik yuklama grafigi yordamida ifodalash mumkin. Odatda sutkalik yuklama grafigi to‘rtta xarakterli tipga – normal ish kuni, shanba, yakshanba va dushunba kunlari uchun sutkalik yuklama grafiklariga ajratiladi.
Sutkalik yuklama grafigi (2- rasm) ko‘pgina hollarda ikkita – ertalabki hamda kechki pik va ikkita – kungi va tungi tublarga ega bo‘ladi. Grafikning quyi qismi baza va yuqori qismi pik deb yuritiladi. Ba’zan yarimpik zonasi ham ajratiladi. Yuklama grafigi bir qator ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Ular jumlasiga, masalan, o‘rtacha yuklama Po‘r ni maksimal yuklama Pmaks ga nisbatini ko‘rsatib, yuklama grafigining zichligi deb yuritiluvchi miqdor γ kiradi:
. (1)

2 - rasm. Sutkalik yuklama grafigining na’munasi.

Yuklamaning haftalik notekisligi tizim yuklamasining juma kunidan boshlab yakshanbagacha kamayib borib, dushunbada keskin ortishida namoyon bo‘ladi. Oy davomida olib qaralganda yuklama odatda ikkinchi o‘n kunlikning oxiridan yuoshlab ortib boradi va navbatdagi oyning oxirida biroz kamayadi.


Yuklamaning yillik notekisligini tizim yuklamasining sukalik maksimumlari ko‘rib chiqilganda kuzatish mumkin. Uni ko‘rish uchun normali sh kuni uchun bir nechta xarakterli sutkalik yuklama grafigini qurib, ularning maksimal qiymatlarini tutashtirish mumkin (3,a- rasm). Shunday yo‘l bilan hosil qilingan 3,a- rasmda tasvirlangan yillik yuklama grafigida uning pasayish zonasi ham aniq ko‘rinadi. Qishloq xo‘jalik yuklamalari ko‘p bo‘lgan energotizimlarda yozgi davrlarda yuklamaning bunday pasayish zonasi kuzatilmasligi mumkin. Xuddi shu singari holat havoni konditsionerlar yuklamalari katta bo‘lgan energotizimlarda ham kuzatilishi mumkin.
Yillik yuklamaning pasayishi energotizimning jihozlarini ta’mirlash uchun qulay sharoitni yaratadi. Yuklamaning pasayish zonasi jihozni ta’mirlash zonasi (yoki ta’mirlash maydonchasi) deb ham yuritiladi (3,b- rasm).

3-rasm. Yuklamaning sutkalik maksimumlarini o‘zgarishi. Yillik yuklama grafigini hosil qilish: a)- fazoda tasvirlash; b)- tekislikda tasvirlash; 1- yuklamaning nisbiy
o‘sishi e’tiborga olinmagan; 2- yuklamaning nisbiy o‘sishi e’tiborga olingan.

Yuklamaning maksimal quvvatidan foydalanish soatlari soni Tmaks (yoki maksimal yuklamadan foydalanish vaqti) yuklama grafigining muhim parametri hisoblanadi. U yil davomida ishlab chiqariluvchi elektr energiya Eyil ni yil davomidagi maksimal yuklama Pmaks ga bo‘lish orqali topiladi:


. (2)
Tmaks ning qiymati bo‘yicha energotizimlarni uch guruhga ajratish mumkin. Bular
bo‘lgan zichligi past;
bo‘lgan zichligi o‘rtacha;
bo‘lgan zichligi yuqori yuklama grafigiga ega bo‘lgan energotizimlardir.
Energotizimlarning optimal ish holatlarini hisoblashda yuklama rafigi ikki shaklda berilishi mumkin:
1) iste’molchilarning yuklama grafiklari elektr tarmoqlaridagi aktiv va reaktiv quvvatlar isrofini o‘z ichiga oladi;
2) yuklama grafigi elektr taromqlaridagi isroflarni e’tiborga olmagan holda iste’molchilarning foydali yuklamalarini yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Yuklama grafigini turli shakllarda berilishi energotizimning holatini optimallash natijalariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi holatda elektr stansiyalari quvvatlari ning yig‘indisi grafik bo‘yicha aniqlanuvchi umumiy yuklamaga teng bo‘lsa , ikkinchi holatda u umumiy yuklamaga nisbatan tarmoqdagi umumiy isrof π ga katta bo‘lishi zarur, ya’ni .
Agar energotizimning holatini optimallashda undagi isroflarni aniq e’tiborga olish talab etilsa, u holda yuklama grafigi berilishining ikkinchi shaklini qabul qilish zarur. Biroq bunda optimal boshqarish qonunini aniqlashning har bir qadamida quvvat isrofini hisoblash talab etiladi. Bu juda murakkab va hal etilishi qiyin bo‘lgan masala hisoblanadi5.



Download 35.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling