Yorug’lik difraksiyasi


Download 246.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi246.5 Kb.
#1560600
  1   2   3
Bog'liq
Yorug’lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi


Yorug’lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi
Reja:

  1. Frenel zonalari. fraungofer difraksiyasi. difraksion panjara

  2. Rentgen nurlari difraksiyasi

  3. Golografiya

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Yorug’lik difraksiyasi deb ataladigan hodisada, yorug’lik nurlari shaffofmas to'siqlardan egilib o'tib geometrik soya sohaga kirib boradi. Difraksiya so'zi lotincha "difraksio" "egilib o'tish" dan olingan.


Masalan, nuqtaviy monoxromatik yorug’lik manbai M dan tarqalayotgan yorug’lik nurlarining yo'liga shaffofmas jismdan yasalgan disk shaklidagi T to'siq joylashtirilgan bo'lsin (1.13-rasm).


Geometrik optika qonunlariga asosan, E ekranda T to'siqning soyasi doira shaklidagi qorong’i soqa kuzatilishi lozim. Tajribada shu narsa kuzatiladi. Lekin to'siqdan ekrangacha bo'lgan masofa to'siq o'lchamlaridan bir necha ming marta katta bo'lsa, ekranda ketma-ket yorug’lik va qorong’i konsentrik halqachalar (1.13(b)-rasm) kuzatiladi.


Gyuygens prinsipiga asosan, to'lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi to'lqinlarining manbalari deb hisoblash mumkin. Frenel uni to'ldirib, bu ikkilamchi to'lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranish bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to'lqinlar interferensiyalanishining natijasi deb qarash lozimligini aytib o'tadi.
Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo'linadi. To'siqqa tushayotgan nurlar parallel dastasini hosil qilgan va difraksion manzara manbadan cheksizlikda mujassamlashgan holdagi hodisalarni Fraungofer tekshirgan. Shuning uchun bu hodisalar Fraungofer difraksiyasi deyiladi. To'siqqa tushayotgan yorug’lik to'lqinining sferadan iborat bo'lgan va kuzatish nuqtasi chekli masofada joylashgan holdagi difraksiyani Frenel o'rgangan. Shuning uchun bu sinfga oid hodisalar Frenel difraksiyasi deyiladi.

Download 246.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling