Yorug'lik dispersiyasi va dispersion munosabat


Download 85.16 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.16 Kb.
#1557363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YORUG\'LIK DISPERSIYASI VA DISPERSION MUNOSABAT

Shunday qilib, ga teng qalinlikdagi qatlam energiya oqimining zichligini 2,72 marta susaytirar ekan. Yutilish koeffitsiyentining son qiymatlari turli moddalar uchun juda keng miqyosda tebranadi. Ko‘rinuvchi yorug‘lik sohasida bir atmosfera bosimdagi havo uchun k taxminan shisha uchun metallar uchun esa k o‘n minglab tartibda bo‘ladi. Barcha moddalarning k yutilish koeffitsiyenti to‘lqin uzunligiga ozmi-ko‘pmi bog‘liq. 5.2-rasmda 0oS va bir atmosfera bosimdagi gaz holatli xlor uchun lgk ning to‘lqin uzunligi l ga bog‘liqligi tasvirlangan.

5.2-rasm. Xlorning k yutish koeffitsiyenti logarifimining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi



Rasmdan ko‘rinishicha, binafsha sohada koeffitsiyent katta bo‘ladi, undan so‘ng - sarik, yashil, sohada keskin pasayib ketadi va qizil sohada yana ko‘tariladi. Tajribada yorug‘likning shaffof erituvchida eritilgan moddada yutilishida, yutilish yorug‘lik nurining eritmadagi yo‘l uzunligi birligiga to‘g‘ri keladigan yutuvchi molekulalar soniga proporsional ekanini ko‘rsatadi. Yo‘l birligiga to‘g‘ri keladigan molekulalar soni eritma konsentratsiyasi S ga proporsional bo‘lgani uchun k yutilish koeffitsiyenti S ga proporsional bo‘ladi, bundan esa deb olish mumkin. Bundagi - eritma konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydigan, faqatgina yutuvchi modda molekulalarining xususiyatlari bilan belgilanuvchi yangi o‘zgarmas koeffitsiyentdir. k ning bu qiymatini (5.4) formulaga qo‘ysak

. (5.5)

-koeffitsiyent eritma konsentrasiyasiga bog‘liq emas degan tasdiq Beyer qonuni deb ataladi. Bu qonun har bir molekulaning xususiyatini unga qo‘shni molekulalarning mavjudligi o‘zgartirmagandagina bajariladi. Yuqori konsentratsiyali eritmalarda molekulalarning o‘zaro ta’sirlari sezilarli bo‘ladi va unda Beyer qonuni bajarilmay qoladi. Bu qonun bajarilgan hollarda (5.5) munosabat yorug‘likning eritmada yutilish darajasiga qarab eritma konsentratsiyasini aniqlash imkoniyatini beradi.


Download 85.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling