Yorug'lik dispersiyasi va dispersion munosabat


Download 85.16 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.16 Kb.
#1557363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YORUG\'LIK DISPERSIYASI VA DISPERSION MUNOSABAT

Maddaning dispersiyasi deb to‘lqin uzunligining o‘zgarishiga qarab n sindirish koeffitsiyentining qanchalik tez o‘zgarishini ko‘rsatuvchi miqdorga aytiladi. Agar l1 va l2 dan iborat ikki to‘lqin uzunligiga loyiq sindirish koeffitsiyentlarining qiymatlari mos holda n1 va n2 bo‘lsa, moddaning l1 dan l2 gacha bo‘lgan to‘lqin uzunlik sohasida moddaning o‘rtacha dispersiyasi ushbu

(5.7)

munosabat yordamida ifodalanadi. Bunda Дn = n2-n1 va Дl=l2-l1 to‘lqinlar uzunliklari intervalini cheksiz kichiklatish yo‘li bilan dispersiyasining berilgan l to‘lqin uzunligi yaqinidagi qiymatini topamiz. U vaqtda (5.7) munosabat o‘rniga n sindirish koeffitsiyentining to‘lqin uzunligiga nisbatan olingan hosilasi ishlatiladi:

(5.8)

Barcha shaffof moddalarning n sindirish koeffitsiyenti ( to‘lqin uzunligi qisqargan sari monoton orta boradi. Bu xol shaffof moddalarda binafsha nurlarning yashil nurlarga nisbatan kuchliroq sinishi, yashil nurlarning esa qizil nurlardan kuchliroq sinishidan iborat (5.5-rasm).

5.5-rasm. Normal dispersiya

Sindiruvchi burchaklari teng bo‘lgan, lekin turli moddalardan ishlangan prizmalar yordamida hosil qilingan spektrlarni taqqoslaganda spektrlarning turli burchakka og‘ganligini emas, balki ularning ko‘proq yo ozroq chuzilganini ham ko‘rish mumkin. Masalan: Suv va uglerod sulfid tashkil etgan bir xil prizmalarni taqqoslaganda ikkinchi prizma hosil qilgan spektr (qizildan binafsha nurlargacha) birinchisinikidan 5–6 marta uzun ekanini ko‘ramiz. Turli to‘lqin uzunliklarga tegishli sindirish ko‘rsatkichini o‘lchab, prizma moddasining dispersiyalash kobiliyatini, ya’ni n=f(l) funksiyani tekshirish mumkin.


Download 85.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling