Yosh avlodni sog'lig'ini muhofaza qilishda o'zbekiston respublikasining olib borayotgan ishlari
Download 275.44 Kb.
|
Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlari
Davlatimiz rahbarining 2005 yil 31 oktabrdagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, “Kamolot” safida faol ishtirok etayotgan yoshlarning kontrakt summasining 35 foizi to‘lab berilmoqda. 2007-2010 yillar davomida jami 33 ming 370 nafar talaba ana shunday moddiy qo‘llab-quvvatlandi. O‘qish, ilm-fanda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan oliy o‘quv yurti talabalarini taqdirlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati stipendiyasi, ta’lim granti va Yosh olimlar stipendiyasi ta’sis etilgan. Joriy yildan iqtidorli talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kichik grant loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha doirasida yaqinda bir nechta oliy o‘quv yurtlari talabalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo‘yicha o‘zlarining yangi g‘oyalarini taqdim etdi.
Yurtboshimizning mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi chiqishlari, ma’ruza va nutqlarini yoshlar o‘rtasida chuqur o‘rganish, mazmun-mohiyatini ochib berish, qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yoshlarda daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash imkonini bermoqda. 2010 yili Prezidentimiz Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida “Mingyillik rivojlanish maqsadlari: mulohaza, munosabat va tahlil” loyihasi amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlarda yoshlar muhim tashabbuslar bilan chiqmoqda, faolligini namoyish etmoqda. – Davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surilgan Konsepsiyani amalga oshirish yurtimiz yoshlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada “Kamolot”ning ishtiroki qanday bo‘layotir? – “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mazmun-mohiyatini, unda qo‘yilgan ustuvor vazifalarni yoshlarga yetkazish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan “Konsepsiya – mamlakatimiz taraqqiyotining kafolati” loyihasi o‘tkazilmoqda. Birinchi navbatda, eng iqtidorli yoshlar tanlanib, Konsepsiyaning mazmuni bo‘yicha puxta o‘qitildi. Ayni paytda ular yurtimiz bo‘ylab tengdoshlari orasiga kirib bormoqda va olimlar, mutaxassislar, huquqshunoslar ishtirokida chekka-chekka qishloqlarda ham tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borayotir. Loyihaning birinchi bosqichida Konsepsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va pedagogik jamoasi ishtirokida slaydlar, qo‘llanma va dastur tayyorlandi hamda 637 mahalla, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejida davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar tashkil etildi. Download 275.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling