Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi


Download 0.63 Mb.
bet33/52
Sana16.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1777515
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)

B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi
B.F.Skinner g`oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo’llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o’rtasida turli xil ko’rinishdagi qo’rquv xavotirlanish va “yopishqoq” (miyaga o’rnashib qoladigan) holatlarni engib o’tish destruktiv xulq-atvorni o’zgartirish muloqot ko’nikmalariga o’rgatish, o’ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo’riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o’tkazish. Operant metodikalar hali maktablarda tarbiya yoshidagi bolalarga ya`ni ruhiy kasalxona bemorlarga, hali qamoqxona mahbuslariga qo’llaniladi. “Jetonli taqdirlash” “Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya” “to’xtatilgan vaqt” yoki “taym- aut” metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o’qitish B.F.Skinner tomonidan o’ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko’pgina mutaxassislar “Xulq-atvor ko’rinishi texnologiyasi” ning samaradorligini tan oladilar biroq, bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta`kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo’llashda qo’llanilishidan ogohlantiriladi18.
Ijtimoiylashuv muammosi sifatida bola psixik rivojlanishining ijtimoiy o’rganish nazariyasi
Reja:
1.Ijtimoiy o’rgatish ta`limotining markaziy muommosi sifatida ijtimoiylashuv
2.Ijtimoiy o’qitish nazariyasining evolyutsiyasi
3.Kuzatish, taqlid qilish orqali o’rgatish fenomeni
4.Bolalar rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili


Ijtimoiy o’rgatish ta`limotining markaziy muammosi sifatida ijtimoiylashuv
Shaxsni o’rganuvchi barcha fanlarning asosiy muammosi ijtimoiylashuvdir, ya’ni inson qanday qilib faoliyat yurituvchi ijtimoiy subyektga aylanishini aniqlashdir.
Bundan 150 yil avval Ogyust Kont : “inson muammosining asosiy qiyinchiligi shundaki, u faqatgina “biologik” mavjudot emas”, shunchaki “madaniyat yig’indisi” ham emas, boshqacha qilib aytganda u qandaydir yangi, noma’lum sifatlar tashuvchisiga aylanib bormoqda. Shu sababli insonni o’rganish uchun yangi bir fan kerak” deb juda to’g’ri aytgan edi. Ogyust Kont aytganidek, insonni o’rganuvchi yangi fanlar – psixologiya va sotsiologiya fanlari vujudga keldi. Keyinchalik bu fanlarning o’zi ham 300 dan ortiq mustaqil sohalarga, fanlarga ajralib ketdi. Bu ikki fanning kesishgan yo’lida esa yangi fan – ijtimoiy psixologiya fani vujudga keldi.
Psixologiya tarixidan ma’lumki, G’arbda turli davrlarda , turli olimlar tomonidan har xil nazariyalar ishlab chiqilgan. Ular shaxs, uning psixologik xususiyatlari, faoliyati, xulq – atvori, jamiyat bilan aloqalari va h. k.lar borasida tadqiqot olib borishdi va har biri bu borada o’z nazariyasini ishlab chiqishdi.
Ijtimoiylashuvni tushunib olish uchun bu nazariyalarni birma – bir ko’rib chiqamiz:

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling