Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari
Download 0.63 Mb.
|
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)
Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi. 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqo o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qa’tiylashtiriladi; 6) kuzatish insoning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayt qilib borish vositalar (kundalik, suhbat daftari,kuzatish varaqasi, magnitofon, vidiomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerf sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,xulq-atfori, nutq faoliyati va xakozolar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetarli. Masalan, go‘dak bolani kuzatishda uning xarakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. o‘quvchining darsdagi xolatini kuzatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-xarakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. o‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining xarakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi darajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, hiy-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob’ektiga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga, berilmaslikni, chehradagi tashrif va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayr tabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy xolatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarish aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, xissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi. Psixologiya fanida o‘zini-o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki yuqori ma’lakali o‘qituvchi o‘zini-o‘zini kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zida emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanzmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati mazmuni va mohiyati va qay tarizda, qanday tezlikda, qay shalda ro‘y berish kuzatadi. Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga xarakat qilganlar lekin inson turli faziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jixatlari bilan birgina zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling