Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Download 0.63 Mb.
bet8/52
Sana16.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1777515
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)

To‘rtinchi bosqich - shaxslarda xar bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, xissa psixolgik jixatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi.Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, hech bir shubxaga, e’tirozlarga o‘rin qolmaydi. Na shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiyakariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi zarur muammolarning ahamiyati va istiqboli uqtiriladi.
Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanidagn emperik metodlar haqida kengroq ma’lumotberamiz.
Kuzatish metodi-bir muncha keng tarqalgan metodlardan bo’lib, uning yordamida ta`lim-tarbiyaning turli sharoitlarida psixologik pedagogik hodisalar ularga aralashmagan holda o’rganiladi. Uning yordamida kuzatish ob`ekti to’liq, maqsadga yo’nalgan holda idrok etiladi.
Kuzatish metodining turlari quyidagilarga ajratiladi:

  • Kundalik kuzatish

  • Ichki kuzatish

  • Ilmiy kuzatish

  • Tashqi kuzatish

1.Kundalik kuzatish-faktlari qayd etish bilan cheklanadi, tasodifiy tashkil etilmagan xarakterlarga ega.
2.Ilmiy kuzatish- aniq reja, natijalarini (qayta) maxsus kundalikka qayd etish, kuzatilayotgan hodisani tushuntiruvchi farazlarni ishlab chiqish va keyingi kuzatishlarda farazlarni tekshirishni nazarda tutadi.
Ichki kuzatish-tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan faoliyatda ishtirok etishini ko’zda tutadi.
Tashqi kuzatish- tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan faoliyatda ishtirok etmasligini ko’zda tutadi.
Psixologik-pedagogik kuzatishlarga quyiladigan asosiy talablar:

  1. Kuzatish aniq maqsadga ega hamda aniq bo’lishi, natijalarni qayd etish va to’g`ri xulosani chiqarish shunchalik oson bo’ladi.

  2. Kuzatish jarayoni oldindan tanlangan reja bo’yicha kechishi lozim .

  3. O’rganilayotgan belgilar soni minimal bo’lishi va ular aniq belgilanishi lozim.

  4. Psixologik-pedagogik hodisalarni tabiiy sharoitlarda kuzatish kerak.

  5. Turli kuzatishlar yo’li bilan olingan ma`lumotlarni solishtirilishi lozim, bir xil mezonlar qo’llanilishi bilan bir vaqt oralig`ida olingan ma`lumotlarni bir-biriga muvofiqligi hamda bir xil baholar va hokazolar.

Kuzatish metodining yutuqlari:
1.To’plangan ma`lumotlarning qimmatliligi (verbal ma`lumotlari bilan bir qatorda harakat, hulq-atvorini tahlil qilishni ta`minlaydi).
2. Faoliyatning tabiiy sharoitini saqlanishi;
3. Turli-tuman vositalarni qo’llash mumkinligi;
4. Sinaluvchining roziligini olish shart emas.
Kuzatish metodining kamchiliklari:

  1. Sub`ektiv natijalar ko’pincha tadqiqotchining ish qobiliyati, intilishlari, qiziqishlari, malaka ilmiy qarashlari va tajribalariga bog`liq;

  2. Jarayonning borishiga uning ko’rsatmasiz halaqit berishi, nazorat qilishi mumkin emas;

  3. Kuzatuvchining izlanishlariga uzoq vaqt sarflanadi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling