Yosh davrlari Erkaklarda Ayollarda
Download 18.76 Kb.
|
SHu vaqtgacha shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e‟tibor qaratilgan. Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikatsiyalaridan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyida berilgan jadvalda keltirilgan. Yosh davrlari Erkaklarda Ayollarda CHaqaloqlik 1-10 kun 1-10 kun Emiziklik davri 10 kundan 1 yoshgacha 10 kundan 1 yoshgacha Ilk bolalik 1-2 yosh 1-2 yosh Bolalikning 1-davri 3-7 yosh 3-7 yosh Bolalikning 2-davri 8-12 yosh 8-11 yosh O’smirlik davri 13-16 yosh 12-15 yosh O’spirinlik davri 17-21 yosh 16-20 yosh O’rta etuklik davri Birinchi bosqich 22-35 yosh 21-35 yosh Ikkinchi bosqich 36-60 yosh 36-55 yosh Keksalik davri 61-75 yosh 56-75 yosh qarilik davri 76-90 yosh 76-90 yosh Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yoshdan ortiq 90 yoshdan ortiq Mashhur rus psixologi Vigotskiy 1920-1930 yillarda o’zining oliy psixik funksiyalarining rivojlanishi nazariyasini e‟lon qildi. Vigotskiy psixika taraqqiyotining umumiy genetik qonunini quyidagicha aniqlaydi: "Bola madaniy rivojlanishida har bir funksiya 2 bosqichda namoyon bo’ladi. Dastlab ijtimoiy, so’ng psixologik. Dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida namoyon bo’ladi. Har bir oliy psixik funksiya o’z taraqqiyotida tashqi bosqich orqali o’tishi kerak. Rossiya psixologiyasidagi Yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Anan‟ev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois Yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda Yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 1. CHaqaloqlik davri inqirozi. 2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o’zining Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta‟riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Umuman L.S.Vigotskiyning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy tarixiy ahamiyatta ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi: 1. Go’daklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha - etakchi faoliyat -bevosita emotsional muloqot; 2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - etakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli o’yinlar; 4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha – o’qish; 5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - etakchi faoliyat – o’qish, kasb tanlash davri. D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e‟tirof etilsa- da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa Yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini Yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi; 1. CHaqaloqlik davri – tug’ilgandan bir oylikkacha; 2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 6. O„rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetstkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta‟kidlaydi: 1. CHaqaloklik (tug„ilgandan 10 kunlikkacha); 2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 7. o’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). YUqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat‟iy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko’proq ma‟lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, etuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma‟lumotlar etishmaydi. Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta‟kidlaydi: 1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) - Tug’ilganidan 3 yoshgacha. 2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha- 5. YUqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. AV.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qatxiy nazar, har ikkala yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan holi emas. Ma‟lumki, har bir Yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o’zgarishi, ta‟lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning etilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin. Hozirgi zamon psixologiyasida Yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir: 1. Ilk bolalik davri –tug’ilgandan 3 yoshgacha; 2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 5. Ilk o’spirinlik (kollej va litsey o’quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. Umuman, psixologlar tomonidan Yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyallari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir. Amerikalik psixolog E.Erikson insonning umrini o’ziga xos bektakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi. Birinchi davr – go’daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuygusi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligidir. Agar go’dakda ishonchning negizi paydo bo’lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tug’ilsa, voyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik vujudga kelishi shubhasizdir. Ikkinchi davr – ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat Tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning teskarisi – uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi unga o’z tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, maxsuliyat, javobgarlik, hurmat tuyg’ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi. Uchinchi davr – o’yin yoshi deb ataladi va unga 5-7 yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuyg’usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro’yobga chiqarish yo’li to’sib qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni guruh o’yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning hayoloti o’sishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi. To’rtinchi davr – maktab yoshi boladagi asosiy o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu Yosh davrining salbiy jihatlari ham bo’lib, ular ijobiy hislatlari etarli Bo’lmasligi, ong hayotining barcha qirralarini qamrab ololmasligi va hokazolar. Beshinchi davr – o’spirinlik betakrorlik hislati, o’ziga xosligi boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning ko’lami kengayadi, lekin barchasini egallash imkoniyatiga ega bo’lmaydi. SHuningdek rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi. Vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen jarayonlarni namoyon bo’lishi xosdir. Oltinchi davr – yoshlik, boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa jinsiy mayl alohida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan farqlanadi. Ettinchi davr – etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, g’amxo’rlikda pusht qoldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) maxsuldorlik tuyg’usi uzluksiz hamroh bo’ladi. Sakkizinchi davr – qarilik, inson sifatida o’z burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg„ulari bilan xarakterlanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, ko’ngil sovush tuyg’ulari xos. Donolik, soflik, gunohlardan forig„ bo’lish ularga xos eng muhim xususiyatlardir.Fransuz psixologi A.Vallon nuqtai nazaricha Yosh davrlari quyidagi bosqichlarga ajratiladi: Xomilaning ona qornidagi davri; Impulsiv harakat davri – tug’ilgandan 6 oygacha; Emotsional (his-tuyg’u) davri – 6 oylikdan 1 yoshgacha; Sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; Personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 yoshdan 5 yoshgacha; Farqlash davri – 6 yoshdan 11 yoshgacha; Jinsiy etilish va o’spirinlik davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha. ; Download 18.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling