Yosh davrlari psixologiyasi


Kichik yoshdagi o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi


Download 38.68 Kb.
bet25/35
Sana05.01.2022
Hajmi38.68 Kb.
#216256
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
YOsh davrlari psixologiyasi

Kichik yoshdagi o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi



Axloqiy me’yor va qoidalarni o‘zlashtirish. Maktabda bola doimiy va maqsadli nazorat qilinuvchi aniq va keng axloqiy talablar tizimiga duch keladi. Etti-sakkiz yoshli bolalar me’yor va qoidalar mohiyatini aniq tushunadi va ularni har kuni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Lekin o‘qituvchi bundan har doim ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida foydalana olmaydi. O‘quvchini kichkina deb hisoblaydi va hokazo. SHuning uchun o‘qituvchida aniq va ravshan tarbiya tizimi bo‘lishi kerak.

Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining o‘zaro va o‘qituvchi bilan munosabatlari. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘zaro munosabatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning do‘stligi, odatda, tashqi hayotiy shart-sharoitlar umumiyligiga va tasodifiy qiziqishlarga asoslanadi (bolalar bir partada o‘tirishadi, sarguzashtli adabiyotga qiziqishadi va boshqalar). O‘qituvchi fikri kichik maktab o‘quvchisi uchun muhim va qat’iydir. Kichik maktab o‘quvchilari uning mavqeini so‘zsiz tan oladilar. Ular barcha masalalar Yuzasidan o‘qituvchiga murojaat qilishadi.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling