SANA: “____” ______ 202__-yil. To‘garak rahbari:______________YOSH FIZIKLAR
Mashg‘ulotning mavzusi: FIZIKA FANI TARAQQIYOTI TARIXIDA OʻRTA OSIYO OLIMLARINING TUTGAN OʻRNI
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga fizika fani va uning vazifalari. fizika fani taraqqiyoti tarixida O‘rta Osiyo olimlarining tutgan o‘rni haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning fizik jarayonlar , ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, mashg‘ulotlik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Mashg‘ulotning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi mashg‘ulot.
Mashg‘ulot shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Mashg‘ulotning jihozi: Mashg‘ulotlik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Mashg‘ulotni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash. O’tilgan dars yuzasidan o’quvchilarga savollar berish mavzuni misollar yordamida mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni:
Fizika fanini nima uchun o'rganamiz?
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo'lur.( Mahmudxoja Behbudiy)
Fizika so‘zi yunon tilidagi φύσις – physis soʻzidan olingan bo‘lib, “tabiat” degan ma’noni anglatadi. Fizika – tabiat haqidagi fan. Bu so‘zni fanga yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan.
T abiat yer, koinot, suv, havo va oʻsimlik dunyosidan iborat. Tabiatda sodir boʻlayotgan hodisa va jarayonlarni fizika fani singari biologiya, geografiya, kimyo, astronomiya va boshqa fanlar ham oʻrganadi.
Fizika fani atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni tushun
tiradi. Masalan, suvning bug‘lanishi, yomg‘ir yog‘ishi, muzning erishi, chaqmoq chaqishi, lampochkaning yonishi va boshqalar.
Fizika fani ko‘plab sohalar rivojlanishida jiddiy ahamiyatga ega, jumladan, elektronika, robototexnika, qayta tiklanadigan energiya manbalari, yangi turdagi materiallarni ishlab chiqarish, tibbiyot qurilmalarini yaratish.
Fizika fanining yutuqlari boshqa sohalarda ham keng qo‘llanmoqda. Masalan, mikroskop biologiya fani darslarida bargning ichki tuzilishini o‘rganishda preparatlarni kattalashtirib ko‘rsatadi, o‘pka va suyakdagi jarohatlarni aniqlashda rentgen qurilmasidan foydalaniladi. Mikroskopning kattalashtirib ko‘rsatishi, rentgen nurlarining yuzaga kelishi fizika qonunlariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |