Yosh fiziologiya mustaqil Quyidagi topshiriqlarni bajaring


Download 141.55 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2023
Hajmi141.55 Kb.
#1231953
  1   2   3

Yosh fiziologiya.mustaqil Quyidagi topshiriqlarni bajaring:
1. O‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigienik baholashning qanday usullari bor?
2. 1-rasmda berilgan odamning umurtqa pog‘onasini qismlarga ajratib yozing.
3. Odam skeleti suyaklarini nomlarini aytib bering. (2-rasm).
4. Qad-qomatning shakllarini aniqlang va nomini yozing. (3-rasm).
5. Qo‘llanma bilan tanishib,antropometrik o‘lchovlarni bajaring va yozing.
6. Tajriba natijalaridan foydalanib, gurux uchun o‘rtacha ko‘rsatkichni aniq-
lang va o‘z ko‘rsatkichingiz bilan solishtiring.
7. Uyga vazifa: Orqa miya reflekslari.


1-rasm 2-rasm

3-rasm
Nazariy tushunchalar: Talaba va o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos kelavermaydi. O‘sish va rivojlanish to‘lqinsimon boradi. Maktab o‘quvchisi, kollej, litsey talabalarining normal o‘sishi va rivojlanishi haqida ko‘pgina son va sifat ko‘rsatkichlarni aniqlab so‘ng aniq xulosaga kelish mumkin.
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari orasida antropometrik ko‘rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy o‘rinni egallaydi. Somatometrik o‘lchamlarga bo‘yning balandligi, ko‘krak qafasi aylanasi, bosh aylanasi, vazn o‘lchovlari kiradi. Somotoskopiya (tashqi kuzatish). Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Fiziometriya, bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi, elka oldi muskullar kuchi o‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi ko‘p odamlarda o‘tkazilib, fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib boriladi. Bunday jadvallarda o‘rta ma’lumotlar keltirilgan.
Ish uchun zarur narsalar: Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qo‘l dinomometri, spirt, paxta .
SOMATOMETRIYA

Download 141.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling