Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Download 1.36 Mb.
|
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi
Surilish. Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta‘sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan xolga kelgandan sung ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga suriladi. Oshqozonda suv, alkogol, bazi oziqa moddalari, qisman uglevodlar surila boshlaydi. Yangi tusilgan bolalarda oshqozon kuproq ovqat moddalari suriladi. Yosh ortishi bilan surilish kamayadi. Ichakning shilliq qavatida juda kup miqdorda surg’ichlar buladi. (xar bir mm2 22-40ta). Ichak surg’ichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. Surg’ichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalari h olida, uglevodlar suvda erigan monosaxaridlar, yog’lar esa yog’ kislotasi va glitsirin h olida qon va limfaga suriladi. Bolalarda ichakdan juda oz mikdorda oqsillar suriladi. Suv va uglevodlar yug’on ichak dsvorlaridan yaxshi suriladi (katta odamlarda). Bolalarda ichakdan aminokislotalar va monosaxaridlarni so’rilishi katta odamdagi surilishga nisbatan tez bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan surilish kamayadi. Shuningdek tuzlarning surilishi h am susayadi. Tuzlarning so’rilishi maktab o’quvchilarida bog’cha bolalariga nisbatan 2 marta ortiq. Jinsiy balog’at yoshida surilish yana kamayadi. Issiq sharoitda bolalarning ovqatlanish vaqti va gigienasiga e‘tibor berish kerak. Bu sharoitda bog’cha yoshidagi bolalarda yog’ning xazm bo’lishi qiyinlashadi. Chunki yuqori temperaturada oshqozon, ichak, me‘da osti bezidan shirani ajralishi, oshqozon shirasining kislotaligi juda kamayib ketadi. Buning natijasida ba‘zi qiyin xazmlanadigan ovqat moddolari xazm bo’lmay, xazm kanalida chiriy boshlaydi. Buning natijasida bola turli mikroblarga karshi kurash qobiliyatini susaytiradi va u dizenteriya, dispepsiya kasalliklariga yo’liqadi.
Ovqat xazm kanalida xazm bo’lganidan sung chiqindi moddalar najas bo’lib, yug’on ichakka yig’iladi. Defikatsiyaning nerv markazi orka miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashqi sfinter ixtiyoriy. Bolalar orasida oshqozon-ichak kasalliklari 1 yoshgacha - 40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Notug’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit og’riq bolalarda ovqat xazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat xazm qilish sistemasining xarakterli belgisi: shilliq qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon-ichak traktining tez yallig’lanishiga va kasallikning og’ir kechishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol utishini ta‘minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo’ladi, fermentlar kam h azm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaxarli moddalarning xosil bo’lishiga olib keladi. Jigarning yetarli rivojlanmaganligi h am bolalarda oshqozon ichak kasallarini keltirib chiqaradi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling