Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Aqliy faoliyat gigiyenasi


Download 1.36 Mb.
bet4/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Aqliy faoliyat gigiyenasi. Aqliy faoliyat bosh miya katta yarimsharlar po‘stlog‘i faoliyatidir. Shu sababli zo‘riqib aqliy mehnat qilganda, nerv hujayralari holdan toyadi, odam qattiq charchaydi. Charchash miya hujayralarining tormozlanishidir. Charchashda diqqat chalg‘ishi, bo‘shashish, uyquchanlik kuzatiladi. Charchashning oldi olinmasa, toliqish bosqichi kuzatiladi. Toliqishda bosh og‘rishi, ishtahasizlik, ta’sirchanlik, uyqusizlik, darslarga e’tiborsizlik kuzatiladi.
Ish qobiliyati yoshga, salomatlikka, quvvatga, kayfiyatga, ish tajribasiga, mashq qilishga, oliy nerv faoliyati tipiga, mas’uliyatlilikka va b. omillarga bog‘liq. Ish qobiliyati kun, hafta, oy, yil davomida o‘zgarib turadi. O‘quvchi ertalab turganda ish qobiliyati past bo‘ladi, u asta-sekin ko‘tarilib boradi va keyinroq susayadi.
Ish qobiliyatining 3 ta davri farqlanadi:

  1. Ishga kirishish davri

  2. Yuqori ishchanlik holati

  3. Ish qobiliyatining pasayishi

Bu davrlarning tezligi, almashinishi yoshga, salomatlikka, organizmning holatiga, gigiyenik sharoitlarga, ishga nisbatan qiziqish va munosabatga (motivatsiyaga), kayfiyatga bog‘liq. 1-smenadagi o‘quvchilar 2-smenadagilarga nisbatan kamroq charchaydi.
Odatda ish qobiliyati kun davomida o‘zgarib turadi, hafta oxirida pasayadi, o‘quv yili oxirida ancha pasayadi. Quyidagi chizmada ish qobiliyatining sutka davomidagi o‘zgarishlari keltirilgan.



O‘quvchilarda ish qobiliyatining kun davomida o‘zgarishi

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling