7-amaliy mashg’ulot. O`quvchilar uchun sutkalik ratsion tuzish va uni gigiyenik baholash
Mavzuning ahamiyati: O`quvchilar uchun quyidagi jadvallardan foydalaniladi:
1) Ovqat moddalarining kimyoviy tarkibi va beradigan kalloriyasi.
2) Bir sutkada istemol qilinadigan mineral tuzlarning fiziologik normasi.
3) O’smirlar uchun bir sutkada beriladigan oqsil, yog, va uglevodlarning fiziologik normasi.
Umumiy tushuncha.
Ovqat odam organizmida ikkita muhim vazifani bajaradi:
- birinchidan ular energiya manbai bo’lib hisoblanadi va barcha aqliy hamda jismoniy mehnat, ovqat moddalarining organizmda kimyoviy yo’l bilan parchalanishidan hosil bo’ladigan energiya hisobiga bajariladi;
- ikkinchidan ovqatli moddalar qurilish (plastik) material bo’lib, ular hujayralarning eskirgan tarkibiy qismlarini o’zluksiz ravishda yangilanib turishi hamda yosh hujayralarni yangidan hosil bo’lishi (ko’payishi) uchun sarflanadi.
SHunday qilib, bolalar va o’smirlar organizmini o’sishi va rivojlanishi miqdor va sifat jihatdan gigiyenik talabga muvofiq tashkil qilinmog’i lozim.
Asosiy ovqat moddalari bo’lib, oqsillar, yog’lar, uglevodlar (karbonsuvlar) hisoblansdi. Bulardan tashqari ovqat tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo’lishi kerak.
Gigiyena fani talabiga binoan bolalar va o’smirlarning ovqatlanishi ratsional va balansli tashkil qilinmog’i zarur. Ovqatlanishni ratsional bo’lishi deganda kun davomida ovqat ma’lum vaqtlarda istemol qilinishi kerak, ya’ni rejim bilan. Ovqat balansli bo’lishi deganda uning tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar miqdori organizmning fiziologik ehtiyojiga asoslangan holda belgilanishi kerak, ya’ni kishini jinsi, yoshi bajaradigan mehnati, sog’lig’i hisobga olinmog’i lozim.
Mavzuning maqsadi:
1. Ovqatli moddalarni energetik xususiyatini aniqlash usuli bilan tanishish.
2. Maktab o’quvchilarining sutkalik ovqatini balanslash usuli bilan tanishish.
3. Maktab o’quvchilarining ovqatlanish rejimini tashkil qilish tartibi bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |