Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab


Download 0.9 Mb.
bet104/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1184471
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023

Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab.
Dars jadvali gigiyenik talab asosida tuzilishi, o`quv kuni davomida o`quvchilarning ish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga, dars materiallarini yaxshi o`zlashtirilishiga, dars paytida o`quvchilarning charchab qolmasligiga imkon beradi.
Maktabda o`qitiladigan fanlar, o`zlashtirilishi qiyin yoki oson bo`lishi nuqtai nazaridan, shartli ravishda 3 guruhga bo`linadi:
1.O`zlashtirilishi qiyin fanlarga matematika, fizika, kimyo, chet tillari, rus tili va adabiyoti kiradi;
2.O`zlashtirilishi o`rtacha darajada qiyin bo`lgan fanlarga tarix, jamiyatshunoslik, ona tili va adabiyoti, geografiya, chizmachilik va biologiya fanlari kiradi;
3.O`zlashtirilishi yengil fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula kabilar kiradi.
Dars jadvalini tuzishda, bosh miya po`stlog`i nerv hujayralari fiziologik xususiyatlarini, ya`ni ularning ish bajarish imkonini e`tiborga olish, o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga imkon beradi. Ularda aqliy charchashni yuzaga kelishining oldini oladi.
Gigiyena fani talabiga binoan haftalik dars jadvalini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:
- birinchi va ikkinchi soatlarga o`zlashtirilishi qiyin fanlar joylashtirilishi lozim;
- uchinchi soatga o`zlashtirilishi o`rtacha fanlar joylashtiriladi;
- to`rtinchi soatga o`zlashtirilishi oson fanlar joylashtiriladi;
O`zlashtirilishi oson fanlarni to`rtinchi soatga qo`yilishiga sabab shuki, bu soatda o`quvchilarning miyasi dam oladi.

Ma’lumki, har qanday ta’lim dargohi, jumladan, maktab va undagi gigiyenik holat bola organizmiga tegishli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois maktabdagi gigiyenik shart-sharoitlarni zarur tartibda tashkil etish choralarini ko‘rish maktab rahbariyatining eng muhim vazifasidir. Maktabda faqat sinf xonasi yoki maktab binosi bilan bog‘liq gigiyenik talablargina muhim bo‘lib qolmasdan, balki o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarda charchashning oldini olish, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini oshirishga qaratilgan har qanday faoliyat zarur va muhimdir. V.A.Suxomlinskiy yozadi: «Odam ikki marta tug‘iladi»: birinchi marta tirik jon, ikkinchi marta fuqaro va faol fikr yurituvchi, harakat qiluvchi, mustaqil shaxs dunyoga keladi.


Olti yoshli bolalarni maktabga jalb qilish mumkinmi? Bola 6 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ya’ni 3-4 oy yetmasa, bu holat bolani ijobiy o‘qishiga salbiy ta’sir etadi; 6-7 yoshli bola har kuni, har soatda o‘sadi. Bu davr uchun bir hafta ham muhim omil hisoblanadi. Bundan keyin bolaning yoshi bir tekis rivojlanadi. Masalan: 10,11,13 va 14 yoshli; 15-16 yoshli o‘smirlarga umumiy psixologik xarakteristika berish mumkin, 6-7 yoshli bolalarga bunday qilib bo‘lmaydi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling