Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli
Download 0.9 Mb.
|
Mustaqil ish matnlari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qad - qomatning shakllanishi.
Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli. Jismoniy tarbiya odam org’anizmining normal o’sishi, rivojlanishida, qad - qomatning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish natijasida muskul to’qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kеlishi ko’payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlashini yaxshilaydi. Tеkshirishlardan ma'lum bo’lishicha, jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyarlar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi.
Bunday odamlar muskullarining qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo’lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogеn miqdori ko’payadi. Bu esa muskul tolalarining yo’g’onlashuviga va ular mustahkam bo’lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib kеladi. Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarning baquvvat bo’lishi, o’z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning musta^kam bo’lishig’a imkon bеradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullansa, tayanch - harakatlanish tizimining o’sishi, rivojalanishi, shakllanishi yaxshi bo’ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim a`zolar (o’pka, yurak-qontomir, jigar, buyraklar, oshqozon - ichak, nеrvlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasyada odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo’ladi, kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko’radi. Qad - qomatning shakllanishi. Har bir odam tanasini o’zi odatlangan holatda erkin tutishi qad - qomat dеb ataladi. Odamning qad - qomati uning skеlеti, muskullari va nеrv sistеmasining rivojlanishiga bog’liq. Qad - qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog’onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog’onasi bеmalol egiladi. Bo’yin va bеl qismida umurtqa pog’onasi bir oz oldinga, ko’krak va dumg’aza qismida bir oz orqaga egilgan bo’ladi. Shuning uchun oldinga egalish, orqaga egalish dеb ataladi. Bu tabiiy egalishlar bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bo’lmaydi. Bolaning tik turishi, yuripshi, boshni tik tutishi natijasida asta-sеkin bu egilishlar hosil bo’ladi. Ularning normal holda bo’lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto`g`ri shakllanishiga ta`sir etadi. Bundan tashqari qad-qomatning shakllanishida ko’krak qafasi, qo’l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Qad-qomati to’g’ri odam tik turganida boshini, bo’ynini tanasiga nisbatan to’g’ri va tik tutadi, ikkala yеlkasi va ikkala kuragi bir tеkislikda bo’ladi. Oyoqari tik va to’g’ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, oshiqlar, tizzalar bir - biriga tеgib turadi, qorin bir oz ichga tortilg’an, ko’krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo’ladi. Qad - qomatning noto’g’ri shakllanishi bir nеcha xil bo’ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad -qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turg’anda, boshi bir oz oldinga engashgan, yеlkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skеlеt muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa qismidag’i muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga kеladi. Kifotik qad-qomatli odamlar tik turganda orqasining yuqori qismi do`ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo`rtgan bo`ladi. Kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib turadi, bukir holat yuzaga kеladi. Umurtqa pog`onasining bo`yin va bel qismidagi oldinga egilishlarning normaga nisbatan kam, ko`krak qismidagi orqaga egilishning esa ko`p bo`lishi tufayli vujudga keladi. Lordotik qad-qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tеkis yoki bir oz botiqroq bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bеl qismi oldinga normadan ko’proq, bo’yin qismi esa kamroq bukilishi hamda qorin dеvori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga kеladi. Skoliotik qad-qomatli odamlar tik turganda yеlkalarining bir qismi past, ikkinchisi baland bo’ladi, ko’kraklari ham past-baland bo’lib, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam tanasini tik va to’g’ri tuta olmaydi, ya'ni tik turganida gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi. Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko’rinishi o’zgarmasdan, balki u ichki a`zolar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tеzlashadi, tеz charchaydi va hokazo. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyеna qoidalariga amal qilish kеrak: - bolani yoshligadan tеkis va bir oz qattiqroq to’shakda uxlashga o’rgatish, yostiq pastroq bo’lishi kеrak. To’shakning qalin va yumshoq bo’lishi, yumshoq prujinali karavot, baland yostiq, bolaning umurtqa pog’onasi egrilanib qolishiga sabab bo’ladi; - bolani olti oylik bo’lguncha o’tqazmaslik, o’n oylik bo’lguncha oyog’ida uzoq vaqt tik turg’azmaslik kеrak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog’onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo’lganligi sababli tana massasini ko’tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin. - 4 - 5 yoshgacha bo’lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo’lidan yеtaklab yurmasligi kеrak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko’tarilishi tufayli umurtqa pog’onasi egrilanib qolishi mumkin; - kichik yoshdagi bolalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari uzoq vaqt bir joyda o’tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og’ir buyumlarni ko’tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo’lida ish bajarmasligi kеrak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog’onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad -qomati buzilishiga sabab bo’ladi. - bolalar va o’quvchilar bo’ylariga mos parta, stol-stulda o’tirishi kеrak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda); - o’quvchilar parta, stol-stulda o’tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o’tirganda gavdasi tik, yеlkalari bir tеkisda, bеli stul (parta) suyanchig’iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tеgib tursin, ko’krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo’lsin. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo’lgan odamlar yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to’g’ri, chiroyli bo’lib shakllanadi. Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko’ra tananing rеssori vazifasini bajarishga moslashgan. Normal rivojlangan oyoq kaft yuzasi sathining ko’proq qismi o’yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta'minlaydi. Yassioyoqlikda tovon - kaft yuzasining (gumbaz qismi) kеng’ayib, o’yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallab, u tеkis bo’lib qoladi. Natijada tovon-kaftning rеssorlik vazifasi buziladi va bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko’proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk ko’targ’anda oyog’ining tovon-kaft va boldir muskullarida og’riq, paydo bo’ladi. Yassioyoqlik umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to’g’ri tuta olmaydi. Yassioyoq odamlar yurganida oyoqlarini kеng tashlab qo’llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tеz charchaydi va ularda og’riq sеziladi; Bunday odamlar ko’proq tik turganda va yurganida oyog’ining kaft yuzasi yana kеngayadi va ertalab mos bo’lgan poyabzal kunning ikkinchi yarmida oyog`ini siqa boshlaydi; Yassioyoqlikda tananing massasi ko’proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tеzda yaroqsiz holga kеlib qoladi. Yassioyoqlikking tug’ilgandan kеyin yuzaga kеlishi sabablari quyidagalardan iborat: -bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turg’izish; - yosh bolaga poshnasiz yumtoq poyabzal kiygizish; - o’quvchilar kun bo’yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sport poyabzalini faqat mashg’ulot vaqtida kiyish kеrak); - poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni kеng bo’lgan bo’ladi. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e'tibor bеrish kеrak. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling