Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Download 0.9 Mb.
|
Mustaqil ish matnlari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy faoliyat gigiyenasi.
- Nazorat savollari
Maktab yoshi tushunchasi morfologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanish xususiyatlari yig‘indisidan iborat. 1-sinflarda bolalarning 4,5-25% o‘qishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Bunda quyidagi yetishmovchiliklar kuzatiladi:
ishga va o‘qishga shartli reflekslar yaxshi hosil bo‘lmasligi; tormozlanish va qo‘zg‘alish o‘zaro muvozanatda bo‘lmasligi; nerv jarayonlari harakatchanligi past bo‘lishi; 2-signal tizimi (nutq) yaxshi rivojlanmaganligi; mayda harakatlarni bajarishda qiynalishi (masalan, yozuvda qiynalish); diqqatning beqarorligi, diqqatni to‘plab tura olmasligi. Boshlang‘ich sinflarda 45 minutlik dars davomida bolaning diqqatini har 5-10 minutda boshqa narsalarga chalg‘itish zarur. Masalan, 3-5 minutlik yozuv mashg‘ulotlari, 3-5 minutlik o‘qish, keyin hikoya tinglash va h. Charchashning oldini olishda eng yaxshi vosita diqqatni zo‘riqtirmaslik. Jismoniy faoliyat gigiyenasi. Aniqlanishicha, o‘quvchilarning harakat faolligi gigiyenik talabdan 2-3 marta past bo‘ladi. Maktabga borishi bilan bolaning mustaqil erkin harakat qilishi ikki marta kamayadi. Maktabdagi jismoniy tarbiya darslari sutkalik talabning 10% ini qondira oladi, xolos. Jismoniy faoliyat gigiyenasi quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ish bajarganda dinamik komponent statik komponentdan ustun bo‘lishi shart. Statik ishda energiya kam sarflanadi, biroq u muskullarni tez charchatadi. Sababi - statik ishda nerv tizimidan muskullarga tinimsiz impuls kelib turadi, bunda aslida nerv tizimi ham charchaydi. Masalan, yer qazilganda oyoq-qo‘l emas, bel va orqa muskullari tez charchaydi. Dinamik ish esa to‘xtab-to‘xtab bajariladi. Bunda impulslar tinimsiz kelmaydi, bo‘linib keladi. Statik ishda kapillyarlar qisilib qoladi, dinamik ishda esa ular ochiladi, ularga ko‘p qon keladi. Masalan, tinchlik vaqtida 1 mm3 muskulda 270 ta, ish vaqtida esa 2500 ta kapillyar ochiq turadi. Harakatlarning davomliligi va bir tekisligi. Agar harakatlar jadal va qisqa bo‘lsa, ularni boshlab olish uchun katta energiya kerak bo‘ladi. Yana ular asta-sekin susayib boradi. Harakatlar bir tekis bo‘lsa, uzoq davom etadi. Bunda charchash kamroq bo‘ladi. Bola shunga o‘rganishi lozim. Ikkala qo‘l bilan ishlash. Odatda 97% odam o‘naqay, 3% odam chapaqay hisoblanadi. Ikkala qo‘l bilan baravar harakat qilish sportda, ishlab chiqarishda muhim. Bunda nerv markazlarining baravar faolligi kuzatiladi. Biroq bola bunga o‘rgana olmasa, uni majburlash shart emas! Muskul faoliyatining ritmikligi. Har bir o‘quvchi o‘ziga mos ritmni tanlab olishi shart. Ana shunda nerv-muskul apparatining labilligi yuqori darajada saqlanib qoladi. Ish unumdorligi ortib, energiya kamroq sarflanadi. Muskul faoliyati va harakatlarni tejash. Ish o‘rganishda dastlab ko‘plab muskullar ishlaydi, qo‘zg‘alish nerv tizimiga keng yoyilib ketadi, harakatga aloqasi yo‘q muskullar ham ishda qatnashadi. Mashq qilib borgan sari nerv tizimidagi qo‘zg‘alishlar konsentrlanadi, dinamik stereotip hosil bo‘ladi. Nazorat savollari Maktabda ta’lim-tarbiya gigiyenasining muhimligi nimada? Aqliy faoliyat gigiyenasining ahamiyati nimadan iborat? Maktab hovlisiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar nimadan iborat? Sinf xonasiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar nimadan iborat? Jismoniy faoliyat gigiyenasining asosiy tamoyillari nimadan iborat? Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling