Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 0.91 Mb.
bet40/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Xolerik. Kuchli, qo’zg’aluvchan, o’zini tuta olmaydigan tip. Bunday bolalarda miya po’stloq osti faoliyatining yuqori qo’zg’aluvchanligi va miya po’stlog’ining yetarlicha boshqaruvi bo’lmaganligi kuzatiladi, shartli reflekslar tez hosil bo’ladi, qo’zg’alish jarayonlari tormozlanishdan ustun bo’ladi. Bunday bolalarni o’qitish va tarbiyalashda bardosh, e’tibor, tirishqoqlik talab etiladi. Bolalarda nutq tez bo’linib ketuvchan va emotsional bo’ladi. Bu tipga "kiruvchi bolalarda qiziqish, urishish va boshqa kutilmagan qiliqlar ko’proq uchraydi. Ularning nutqini tushunib bo’lmaydi, chunki so’zlar va gaplar bir-biri bilan bog’lanmagan bo’ladi. Xoleriklar fikrni qiyin ifodalaydi. Bu tipga kiruvchi bolalarni tarbiyalash qiyin. Ulardagi shartli reflekslar barqaror emas.
Melanxolik-sust qo’zg’aluvchan, kuchsiz tip. Melanxoliklarda shartli reflekslarning sekin hosil bo’lishi, katta yarim sharlar po’stlog’i va po’stloq osti markazlarining sust qo’zg’aluvchanligi tufayli ro’y beradi. Kuchli va uzoq ta’sirlar nerv tizimining tez charchashiga sabab bo’ladi. Bunday bolalar tez-tez asabiylashadilar. Melanxolik tipdagi bolalar ko’pincha o’zi bilan o’zi bo’lib, sal narsaga suyunib, sal narsaga xafa bo’lishi mumkin. Xafachilik va xursaEgdchilik ularda uzoq davom etadi. Ular ko’pchilik bilan muloqotda bo’lidshi yoqtirmaydilar. Bolalar nutqi yaxshi rivojlanmagan, fikrni ifodalash ham ular uchun qiyin. Melanxoliklar sog’lomlashtirish muolajalariga muxtojdirlar. Ko’pchilikning o’rtasida ularni tarbiyalash qiyin. Ichki tormozlanish jarayonlari kucheiz, tashqi tormozlanish jarayonlari esa, aksincha, kuchli. Bu tipga kiruvchi bolalar tez charchaydi. SHularni e’tiborga olib, maktab shifokori va o’qituvchilar tarbiyaviy o’qitish jarayonlarini olib borishlari zarur.
Individual o’quv-pedagogik jarayonini tashqil etishda bolaning asosiy ruhiy va fiziologik xossalarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Bu xususiyatlar orasida, birinchi navbatda, tipologik xossalar e’tiborga olinmog’i lozim. Albatta, turli tipdagi bolalarga bir xil tarbiyaviy usullarni qo’llash bir xil natijalarni bermaydi. Kuchli nerv tizimiga ega bo’lgan o’quvchi qilgan mashg’ulotlarni kucheiz tipga mansub bo’lgan o’quvchi qila olmasligi mumkin. Bunday o’quvchilar bilan ishlaganda pedagoglar yuklamani asta-sekin oshirishlari zarur. Nerv jarayonlari inert bo’lgan bolalar o’zlarining sekin harakatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ularda reflektor reaksiyalarning tezligini rivojlantirish lozim. Kuchli muvozanatlashmagan tipdagi bolalar sho’xligi bilan tasniflanadi. Shuning uchun tarbiya davomida ularda «tormozlanish» malakalarini shakllantirish zarur.
Nerv tizimi butun organizmning bir qismidir, shuning uchun uning asosiy xossalari va oliy nerv faoliyatining shakllanishi butun organizmdagi jarayonlarga ham bog’liq. Organizmning o’sishi va rivojlanishini belgilovchi omillar (irsiyat va muhit) oliy nerv faoliyatini shakllanishiga ham ta’sir qiladi. Sangvinik tipiga kiruvchi bolalar, flegmatik yoki melanxolikka nisbatan qulayroq ruhiy va fiziologik sifatlarga ega deyish noto’g’ridir. Hozirgi zamon tekshiruvlarida ko’rsatilganki, har bir oliy nerv faoliyatining tipi o’ziga yarasha ijobiy sifatlarga ega. Masalan, melanxolik tipiga kiruvchi bolalar kuchli tipiga nisbatan pastroq ish qobiliyati bilan ajraladi, lekin turli pedagogik vositalarga ular ko’proq ta’sirlanuvchan bo’ladi. Kuchli nerv tizimi bo’lgan o’quvchilarda mexanik xotira ko’proq rivojlangan, kucheiz nerv tizimiga ega bo’lganlar tushungan narsani chuqurroq o’zlashtiradilar.
Nerv tizimining tipologik xususiyatlari bolaning fikrlarini, qarashlarini ta’riflamaydi va uni shaxe sifatida belgilamaydi. Oliy nerv faoliyatining yaxshi va yomon tiplari bo’lmaydi va to’g’ri tashqil qilingan pedagogik faoliyat har qanday nerv tizimidagi bolaning rivojini to’la ta’minlaydi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling