Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Nafas olish tizmi funksiyalarining xususiyatlari


Download 0.91 Mb.
bet70/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Nafas olish tizmi funksiyalarining xususiyatlari.
Bolalarda nafas olish a'zolarining o‘ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari mavjud bo‘lib,kattalar nafas olish a'zolariga qaraganda farq qiladi. Bolaning tug‘ilish vaqtiga kelib nafas a'zolari morfologik to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yili mobaynida ular tez o‘sib rivojlanadi. 7 yoshga ba’zoda nafas a'zolarining shakllanishi tugallanadi va keyin ularning faqat o‘lchamlarini kaltalashishi ro‘y beradi. Nafas a'zolarining morfologik tuzilish xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
- yupqa osonlikcha jaroxatlanadigan shilliq qavat;
- to‘liq rivojlanmagan bezlar;
- immunoglobulin A va surfaktantni kam ishlab chiqarilishi;
- g‘ovak to‘qimadan tuzilgan shilliq osti qavatining kapillyarlarga boyligi;
- nafas yo‘llarining pastki bo‘limlari tog‘ay tuzilmasi yumshoq, egiluvchan;
- nafas yo‘llarida va o‘pkada elastik to‘qima yetarli miqdorda emas.
Nafas olish a'zolari organizmni kislorod bilan ta'minlab, gazlar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidritni tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
1. Burun yangi tug‘ilgan chaqaloqda kattalar qaraganda kichik, burun yo‘llari tor va qisqa, silliq pardasi juda nozik qon tomirlariga boy, pastki burun yo‘li hali rivojlanmagan bo‘ladi.
U 4 yoshlarda shakllanadi. Go‘dak bolalarda burun shilliq pardasi yallig‘langanda shilliq qavatning osonlikcha shishishi kuzatiladi, bu nafas yo‘llari bitishiga olib keladi, bola ko‘krak emishiga qiyinchilik tug‘diradi, va hansirash chaqiradi. Ko‘z yosh-burun yo‘li keng, bu infeksiyani burundan kon'yuktival xaltaga o‘tishiga imkon beradi.
2.Yordamchi bo‘shlilar – alvirsimon va gaymor bo‘shlilari emadigan bolalarga sust rivojlangan, peshona va asosiy suyak bo‘shliqlari esa umuman bo‘lmaydi. Ular bolalar yoshiga to‘lganidan keyin rivojlanib, kattalashib boradi.
3. Ko‘z yoshi-burun yo‘li qisqa va tashqi teshigi yopqichlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
4. Halqum tor, eshituv nayi esa kalta va keng bo‘ladi
5. Hiqildoq usti tog‘ayi. Chaqaloqlarda yumshoq, oson bukuluvchan bo‘lib, bu bilan traxeyani kirish yo‘llarini germetik yopilish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu bilan qusishda va qayt qilishda oshqozondagi ovaqt maxsulotlari nafas yo‘llariga aspiratsiya bo‘lish xavfi kattaligi tushuntiriladi. Noto‘g‘ri xolatda joylashish va hiqildoq usti tog‘ayining yumshoqligi hiqildoqqa kirishni funksional torayishiga sabab bo‘lishi va shovqinli (stridaroz) nafas xosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
6 Hiqildoq – emizikli bolalarda varonkasimon, kattaroq bolalarnikiga qaraganda uzunroq, tog‘aylari nozik va yumshoq, shilliq pardasi qon tomirlarga boy, ovoz tirqishi esa tor bo‘ladi. Kattalarga nisbatan u yuqori joylashgan, shuning uchun bola belida yotgan holatida suyuq ovqatlarni yuta oladi. hiqildoq voronkasimon shaklga ega. Boylamlar osti bo‘shlig‘i aniq torayganligi ko‘rinadi. Chaqaloqlarda xiqildoq diametri shu joyi atigi 4 mm bo‘lib, yosh oshgan sari kattalashib, 14 yoshda 1 sm ni tashkil qiladi. hiqildoq yo‘lining torligi, shilliq qavatining osonlikcha shishishi, boylamlar osti bo‘shlig‘ida nerv to‘qimalarining ko‘pligi tufayli silli mushaklar spazmi respirator infeksiyalarda hiqildoqning stenoziga olib kelishi mumkin
7 Traxeya bola hayotining dastlabki oylarida varonkasimon, yo‘li tor, qon tomirlarga boy, shilimshiq bezlari kam bo‘ladi. Chaqaloqlarda nisbatan keng, ulanmagan tog‘ayli va keng mushakli membranadan tuzilgan. Mushak tolalari qisqarishi va bo‘shashishi oqibatida uning bo‘shlig‘ini o‘zgartiradi. Traxeya juda harakatchan, bu bilan birga bo‘shlig‘ining o‘zgaruvchanligi va tog‘aylarning yumshoqligi uning chiqish qismida tushib qolishiga olib keladi va ekspirator hansirash yoki dag‘al hirillovchi nafasga (tug‘ma stridor) sabab bo‘ladi.
8. Bronxlar tor, tog‘aylari yumshoq, shilimshiq bezlari kam, qon tomirlarga boy bo‘ladi. O‘ng bronx odatda traxeyaning davomi sifatida tik holatda va chapiga qaraganda kengroq bo‘ladi. Bolaning tug‘ilish vaqtiga kelib shakllangan bo‘ladi. Bronxlar tor, ularning tog‘aylari yumshoq va egiluvchan, chunki bronxlar asosini shuningdek traxeyalarni ham fibroz pardali birlashgan yarim xalqalar tashkil yetadi. Kichik yoshdagi bolalarda ikkala bronxlaoning traxeyadan burchak ostida ajralishi bir xil va yot narsalar o‘ng va chap bronxlarga tushishi mumkin. Yosh ulayishi bilan burchak o‘zgarib yot narsalar ko‘proq o‘ng bronxda topiladi, chunki u tarxeyaning davomi bo‘lib xisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarda bronxial daraxt tozalovchi funksiyani to‘liq bajarmaydi. O‘z-o‘zini tozalovchi mexanizmlar – bronxlaring shilliq qavatidagi xilpillovchi epiteliylarning to‘lqinsimon harakati, bronxiolalar peristaltikasi, yo‘tal refleksi kattalarga nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Mayda bronxlarda osonlikcha spazmlar rivojlanadi, bu bolalik yillarida bronxitlar va zotiljamlarda bronxial astma va astmatik komponent uchrashi bilan tushuntiriladi.
9. O‘pka bolaning go‘dakligi davomida biriktiruvchi to‘qimalar va qon tomirlarga boy, alveolalar atrofidagi elastik to‘qima sust rivojlangan, nafas olishda qatnashadigan sathi katta yoshdagi odamdagiga qaraganda katta bo‘ladi. Vaqt birligi ichida bolalarda o‘pka orqali o‘tadigan qon miqdori kattalarnikiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Chaqaloqlarda ular yaxshi shakllanmagan. Terminal bronxlar kattalarga o‘xshab alveolalar shokili bilan emas, xaltalar bilan tugallanadi, ularning chetlaridan alveolalar shakllanadi.
Bolalarda o‘pkanin'g tiriklik sig‘imi bola qancha yosh bo‘lsa shuncha kichik bo‘ladi.




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling