Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 0.91 Mb.
bet99/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Sog‘lom turmush tarzi – shunday yashash tirziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi zararli omillar bo‘lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o‘zini chetga olishi kerak.
Sog‘lom turmush tarzi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga insonning tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha aql-farosat bilan yashashni, turli zararli odatlar va ko‘nikmalardan xoli bo‘lishni qamrab oladi.
Sog‘lom turmush tarzi har bir insonning aql-farosati bilan yaratiladi va har bir inson uchun individualdir. Bir insonning turmush tarzi (ovqatlanish meyori, kun tartibi, uyqu vaqti va b.) ikkinchi odamnikiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli salomatlikni inson aqlining mahsuloti, deb qarash kerak.
Sog‘lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida, to‘g‘ri va oqilona tashkil etib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turpmush tarzidir.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy muammo motivatsiya hosil qilish. Motivatsiya – shaxsni ma’lum bir faoliyat turini bajarishga kirishishi uchun harakatga keltirish, shuningdek uning muhimligini asoslash va anglatishdan iborat.
Sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  • Ratsional ovqatlanish

  • Harakatli turmush va badantarbiya

  • Ruhiy barqarorlik

  • Kunlik hayot, ish tartibini bioritmlar asosida tashkil qilish

  • Jinsiy tarbiya, sog‘lom oila

  • Shaxsiy va umumiy gigiyenaga rioya qilish

  • To‘laqonli uyqu

  • Madaniy hordiq

  • Zararli odatlardan tiyilish

  • Uyali telefon va kompyuterlardan to‘g‘ri foydalanish

  • O‘z ishidan va faoliyatidan qoniqish hosil qilib yashash.

Tekshirish savollari:
1. Sog’lom organizm deb qanday organizmga aytiladi?
2. Kasal organizm deb, organizmning qanday xolatiga aytiladi?
3. Yuqumsiz kasalliklar va kelib chiqish sabablari?
4. Yuqumli kasalliklariing qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilari.
5. Yukumli kasalliklarning tarqalish usullari?
6. O’tkir kasalliklar.
7. Surunkali kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari?
8. Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi.
9. Immunitet nima?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling