Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 0.91 Mb.
bet37/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Kechikuvchi tormozlanish. Shartli ta’siri shartsiz ta’sir bilan kechikib mustahkamlanishi natijasida kelib chiqadigan refleksdir. Masalan, itga shartli signal (yorug’lik) va uni mustahkamlovchi signal (ovqat) o’rtasida 2-3 daqiqa vaqt bo’lganligidan itning so’lak ajratishi aynan ovqat beriladigan paytga kechikkanligi tufayli ushbu tormozlanish sodir bo’ladi. Hayvonlar o’ljaga hujum qilish oldidan uzoq vaqt qimirlamasligi mumkin. Jamiyatda ham shunday narsani ko’rish mumkin. Masalan, soat uchga e’lon qilingan majlisga ma’ruzachi 3.30 kelsa, birinchi safar odamlar o’z vaqtida keladi. Asta sekin ular majlis boshlanishi soat 3.00 deb yozilishiga qaramay majlisga kech qolib keladigan bo’lib qoladi. Bu paytda shartli ta’sirning samarasi bosh miya po’stlog’ida kechikuvchi tormozlanish vujudga kelganligi sababli ma’lum bir muddatga orqaga suriladi.
Shartli tormozlanishlar faol jarayon bo’lib, u charchashga bog’liq emas. Tormozlanish joyi analizator markazida, shartli va shartsiz refleks markazlarida, vaqtinchalik aloqaning buzilishidan vujudga kelishi va axborotni beruvchi biokimyoviy dasturning o’zgarishiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Bosh miyada nerv markazlarining charchashi. Charchashni faqat qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi muvozanatning buzilishi va miya hujayralari ish qobiliyatining o’zgarishi deb tushunmaslik kerak. Charchash yuzaga kelganda miya po’stlog’i va po’stloq osti nerv markazlari o’rtasidagi munosabatlar ham o’zgaradi. Bu holatlar bosh miya retikulyar formatsiyasining faollashuvini kamayishi bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, charchash organizmning o’ziga xos holati bo’lib, bunday paytda bosh miya po’stlog’ining funksional imkoniyatlari kamayishi, miya po’stlog’i va po’stloq osti nerv markazlarining o’zaro ta’sirining buzilishi va organizmning asosiy tizimlari funksiyalarining pasayishi kuzatiladi.
Dinamik stereotip. Hayotimiz davomida ko’pdan ko’p ta’sirlarga javoban shartli" reflekslar hosil bo’ladi. Bular bir necha marta qaytarilib avtomatik ravishda bajarilishi mumkin. Bir necha shartli refleksning ketma-ket avtomatik ravishda sodir bo’lishiga dinamik stereotip deyiladi.
Dinamik stereotipning hosil bo’lishida bosh miyada turli omillarga javob reaksiyalari dastlab generalizatsiya tarzida namoyon bo’ladi. Keyinchalik esa ichki tormozlanishning rivojlanish bosqichiga o’tib ta’sirotlarni ajratish qobiliyati kuchayadi va, nihoyat, oxirgi harakatlarning shakllanishi avtomatlashish bosqichi bilan tugaydi. Qushlarning uy qurishi, hayvonlarning ov qilishi, mehnatga ko’nikma, ish rejimlari asosida ham dinamik stereotip yotadi. Ma’lum bir individga xos fe’l-atvor hosil qilishda dinamik stereotip ishtirok etadi. Barcha shaxsga xos bo’lgan xatti- harakatlarning yig’indnsi- dinamik stereotipli harakatlardir. Bolalarda imkoniyati boricha ijobiy, ularning rivojlanishiga yordam beradigan dinamik stereotipli harakatlarni shakllantirish zarur. Oddiy misol: maktabdan kelib sumkasini irg’itib, poyafzalini yechmasdan uyga kirib, kiyimini almashtirmasdan ko’chaga chiqib ketgan o’quvchi, bu harakatlarni o’ylamay bajaradi. Bunday harakatlar ko’p takrorlanganligi tufayli ularning avtomatizmi va ketma- ketligi bosh miyada o’zining funksional izini qoldirgan. Yuqoridagi stereotip harakatlarning o’rniga boshqasini ham ta’lim va tarbiya davomida shakllantirish mumkin. O’quvchi maktabdan kelib, poyafzalini yechib, uni artib joyiga qo’yib, qo’lini yuvib, sumkasini har doim qo’yiladigan joyiga qo’yib va ochib keraksiz darsliklarni olib, kerakli darsliklarni o’quv stoliga qo’yib, yechinib, keyin ovqatlanib, dam olib, uydagilarga yordam berishi mumkin. Bunda ham harakatlar avtomatik ravishda bajariladi. Albatta, ikkinchi holda bola juda ko’p vaqtni tejagan bo’ladi va kun davomida o’zi va atrofdagilar uchun foydali bo’lgan ishlarni ko’proq bajara oladi. Stereotipii ishlab chiqarish qiyin, ammo uni shakllantirgandan keyin saqlash juda ham oson, chunki po’stloqda fuksional kuchlanishlar bo’lmaydi. Dinamik stereotip odatlar va malakalar har bir odamning kun rejimi asosida yotadi. Bolalikda ishlab chiqarilgan stereotiplarni o’zgartirish qiyin. Shuning uchun hamma narsalarni bolaga o’rgatish kerak. Bolaning o’sishi, rivojlanishi, turmush sharoitlarining o’zgarishi bilan bosh miyada ma’lum muddatli yangi aloqalar paydo bo’lib, eskilari yo’qolib, yangi dinamik stereotip hosil bo’ladi. To’g’ri tashqil etilgan kun tartibi bolada tetik va yaxshi kayfiyat, o’qish va ijodga, turli o’yinlar va mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otadi, uning rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling