Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 0.91 Mb.
bet88/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

Energiya almashinuvi. Moddalar almashinuvida, ya’ni oqsil­lar, yog'lar va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo'ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to'xtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o’pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari va boshqa to’qima va a’zolaming ish bajarishini, yoshlarda esa o’sish va rivojlanishning normal o’tishini ta’minlaydi. Faqat yurak, jigar, buyrak, muskullaming ish faoliyatini ta’minlash uchun bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya 100 l suvni qaynatishi mumkin. Binobarin, odamning hayoti normal davom etishi uchun organizmda uzluksiz ravishda energiya hosil bo’lib turishi zarur. Bu esa ratsional ovqatlanish bilan bog’liq.
Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo’ladigan encrgiyaning uchdan ikki qismi to’qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o’tishi va ish bajarishi uchun sarflanadi, uchdan bir qis­mi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarfla­nadi.
Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarf­lanadigan energiya uch qismdan iborat:
Asosiy moddalar almashinuvini ta 'minlash uchun sarflanadi­gan energiya. Bu energiya ertalab-nahorda va kechasi odam qimirlamay yotgan vaqtda nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim a’zolari normal ishlab turishini ta’min­lash uchun sarflanadi. Bu energiyaning miqdori odamning 1 kg tana massasiga 1 soatda 1 kkal ga teng. Tana massasi 70 kg bo’lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvi­ni ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng.
Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Iste’mol qilingan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichaklar, jigar, me’da osti bezi kabi a’zolaming ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi. Sarflangan energiyaning miqdori ovqat tarkibiga bog’liq, ya’ni oqsil, yog’laiga boy bo’lgan ovqatlar (ayniqsa qovurilgan go’sht, kabob, palov, tuxum kabilar)ni hazm qilishga ko’proq energiya sarflanadi. Uglevodlarga boy bo’lgan ovqatlar (non, kartoshka, mevalar, sabzavotlar, shirinliklar, xamirli ovqatlar)ni hazm qilishga ozroq energiya sarflanadi. Aralash ovqatlarni hazm qilish­ga sarflanadigan energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyaning 10% ini tashkil etadi. Demak, bu energiyaning miqdori katta odamda bir kecha-kunduzda 168 kkal ga teng.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling