Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 0.91 Mb.
bet87/107
Sana10.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1184663
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
Mustaqil ish matnlari 2023 (2)

PP vitamini (nikotinat kislota) hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan gipovitaminoz PP kasalligida nomi D bilan boshlanuvchi uchta kasallik yuzaga keladi: dermatit, diareya, demensiya.
Dermatit- terining kasallanishi, u qizil dog’lar paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi.
Diareya- me’da-ichakda ovqat hazm bo'lishining buzilishi va ich ketishi bilan xa­rakterlanadi.
Demensiya- markaziy nerv sistemasining funksiyasi, ya’ni odamning psixik (ruhiy) fao­liyati buzilishi bilan xarakterlanadi.
Bu vitamin jigar, buyrak, mol go’shti, no’xat va loviya tarkibida bo’ladi.
С vitamini (askorbinat kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o‘rin tutadi. Uning yetishmasligi tufayii singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklaming shishib, bo'shashib qolishi, tishlaming qimiriab tushib ketishi, uni tish cho'tka bilan tozalaganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho‘l mevalarda, ko'katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko’p bo'ladi.
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o'tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo'lgan bolalar suyagining to'g'ri shakllanishi, o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik bolaning uch-to'rt oyligidan boshlanishi mumkin. Bolada oldiniga ko'p terlash, injiqlik, uyqu buzilishi kabi belgilar kuzatiladi, so'ngra bolaning suyaklari yumshab qolishi natijasida ular egrilanib, shakli buziladi, ya’ni boshning ensa qismi pachoqlanadi, ko'kiak qafasi esa ichiga botiq bo'lib qoladi yoki oldinga bo'rtib chiqadi. Bola yura boshlaganda, gavdasining og'irligi oyoqlariga tushib, ular egrilanib qoladi. Chanoq suyaklari ham egrilanishi mumkin. Bu hol kelajakda ayollarda tug'ish jarayonini qiyinlashtiradi. D vitamini baliq yog'ida, tuxum sarig'ida, sut va sut mahsulotlarida ko'p bo'ladi. U quyoshning ultrabinafsha nuriari ta’sirida odam terisida ham hosil bo'ladi. Shuning uchun bolalami quyosh nuridan muntazam foydalantinsh. ochiq havoda chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vitaminlar odam organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik jarayonlarning normal o’tishida, bolalar va o'smirlaming normal o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun kundalik ovqat bilan vitaminlarga boy mahsulotlami, ayniqsa ko‘katlar, yangi uzilgan sabzavotlarni, sut va sut mahsulotlarini, tuxum, no'xat, loviya kabilarni muntazam ravishda iste’mol qilib turish zarur. Bu mahsulotlar bo'lmagan vaqtda, ya'ni qish, erta bahorda dorixonalarda tayyor holda sotiladigan vitamin tabletkalaridan kuniga 1—2 tadan iste’mol qilish kerak.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling