Sana: 2023 yil 7. 02
Sinf: 8
Mavzu: Vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salat tayyorlash texnologiyasi
5- amaliy mashg’ulot
Darsning maqsadi: A) Ta’limiy - O’quvchilarga vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salat tayyorlash texnologiyasi va sabzavotlarning foydasi haqida ma’lumot berish
B) Tarbiyaviy - O’quvchilarni Vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
D) Rivojlantiruvchi - - O’quvchilarni estetik didini , mehmonnovozlik, dasturxon bezash va salatlarni mustaqil tayyorlash malakalarini rivojlantirish
O’zini - o’zi rivojlantirish kompetensiyasi
A 1
Texnologiya fanini o’rganish, amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarning gapiga quloq tutish , mehnatsevarlik, do’stlarni hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo’lish .
Dars turi : Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol - javob, ko’rgazmalilik , kichik guruhlarda ishlash, amaliy ish
Dars jihozi : sabzavotlar va sabzavotlar ko’rgazmasi, konstitutsiya moddalari ko’rgazmasi, proektor, kompyuter, salat tayyorlash texnologiyasi vediosi
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Dars shiorini tinglash, dars oltin qoidasini eslatish , sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish 1- guruh ,,Bunyodkor" 2- guruh ,,Zamin"
O’tilgan mavzuni takrorlash
Guruhga savollar
Ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi ?
Yaratilgan mahsulotning buyum shakliga ko’ra ishlab chiqarish qanday turlarga bo’linadi ?
A.Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan, g'azal va ruboiylaridan ayting?
Izonit atamasi nechanchi asrda qayerda payday kimlar tomonidan yaratildi?
Texnologik jarayonga yengil sanoat mahsulotlaridan misol keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |