Sana: 023 yil 02 Sinf: Mavzu: Vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salat tayyorlash texnologiyasi


Download 0.82 Mb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1298746
1   2
Bog'liq
8- sinf dars ishlanma

-Guruhga savollar

  1. Nomoddiy ishlab chiqarish o’z ichiga nimalarni oladi ?

  2. Texnologik jarayon deb nimaga aytiladi ?

  3. Z.M.Bobur qachon va qayerda tavalludtopgan , g'azal va ruboiylaridan ayting?

  4. Izonit sõzi qanday tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi ?

  5. Texnologik jarayon bosqichlarini ayting ?

O’quvchilarni javoblari umumlashtirilib, o’tilgan mavzu takrorlanib o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.


  1. Yangi mavzuni tushuntirish

Yangi mavzuning maqsadi : Vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salat tayyorlash texnologiyasini o’rganish.








Pazandachilik san’ati insoniyatning eng qadimgi faoliyatlaridan biri bo’lib , uning rivojlanishi har doim jamiyat iqtisodiy ravnaqiga bog’liq bo’lgan . Masalan iqtisodiy rivojlanish usib borgan davrga kelib barcha sabzavot va boshqa turdagi oziq- ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlashning zamonaviy usullari ishlab chiqilib targ’ibot qilinmoqda . Yilning to’rt faslida ham barcha sabzavot va mevalarni bozorlarimizdan topish mumkin . Sabzavotlar lar yuqori shifobaxsh xususiyatlarga ega , shuning uchun ular parhez taomlarda va salatlarda keng qo’llaniladi . Sabzavotlar jiddiy kasalliklarning oldini olish , hujayralarning susaygan funksiyalarini tez tiklash imkonini beradi.
Sabzavotlardan salat tayyorlashda sabzavotlarni yuvish va to’g’rashga katta ahamiyat berish lozim. Sabzavotlarni archish qoidalari ko’rsatiladi . Sabzavotlarni shifobaxsh xususiyatlarini bilasizmi? Ikkala guruhdan o’quvchilar chiqib, sabzavotlarga ta’rif berishadi.
Sabzavotlarni to’g’rash qoidalariga ko’ra parrak, somoncha, kubik, qirqish, qiymalash, qirish kabi usullari mavjud . O’zbekistonda sabzavotlardan salat tayyorlash ham yuqori san’at darajasiga ko’tarilib bormoqda . Turli xil sabzavotlardan ko’plab salatlar tayyorlash mumkin . bodringli salat, pomidorli salat, sabzili , karamla, va hokazolardan to’yimli mazali salatlar tayyorlash mumkin. Bodringda salat tayyorlash texnologiyasi bilan tanishamiz, uncha katta bo’lmagan bodringlar saralab olinadi va tozalab yuvib olinadi. Bodringlar yirik somoncha shaklda kesib olinadi va tog’orachaga solinadi ustidan ko’katlar va bezak uchun qizil bulg’or qalampirlardan kesib aralashtirishimiz mumkin salatimizga ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar 2 choy qoshiq zaytun yog’I aralashtirib dasturxonga tortishimiz mumkin .


Salatlar yangi , pishirilgan, achitilgan, marinovka qilingan, tuzlangan, tuzlab muzlatilgan sabzavot, quziqorin, do’kkaklilar, yangi yoki konservalangan meva sitrus mahsulotlardan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda salatlar go’sht baliq, parranda, seld, tuxum dengiz va boshqa mahsulotlardan qo’shib tayyorlanishi ham mumkin . Salatlar yumshoqligini oshirish uchun smetana , mayonezlar qo’shiladi. Bu mahsulotlar qo’shib tayyorlangan salat 1 soat davomida iste’molchilarga tarqatish kerak. Kesib tayyorlangan lekin nordon qaymoq, mayonez qo’shilmagan mahsulotlarni muzxonada 4-8 C li haroratda 12 soat davomida saqlash mumkin . Bundan uzoqroq muddatda saqlansa shamol tegib yuzi qotib qolib, mahsulot va taom sifati o’zgaradi, C darmondorisining miqdori kamayadi.


Vitaminli salat tayyorlash texnologiyayasi vediosi ko’rsatiladi .
Amaliy ish o’quvchilar bilan birgalikda ‘’Vitaminli ,, salat tayyorlash o’rgatiladi.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash

1.Salatlarni asosan yilning qaysi fasllarida iste’mol qillish mumkin?
2. Qaymoqli va mayonezli salatlarni qancha muddat saqlash mumkin?
3. Qizil lavlagi tarkibida qanday vitaminlar bor?
4. Yana qanday vitaminlarga boy salatlarni bilasiz?
5. O’quvchilar bilimini baholash
Guruhlarning yig’ilgan rag’batlari taqqoslanib, guruhlar baholanadi va darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
6.Uyga vazifa : Boshqa turdagi salatlar tayyorlash texnologiyasini retsept daftarlariga yozib kelish .



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling