Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Download 491.01 Kb.
bet1/20
Sana19.06.2023
Hajmi491.01 Kb.
#1603109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yosh futbochilarni tayyorlash vositalari




Mavzu: Yosh futbolchilarni tayyorlash vositalarinitanlashning xususiyatlari.

REJA.



1.Tayyorgarlikning tashkiliy shakllari.

2.Futbolchilarni tayyorlash uslubiyoti.


3.Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash uslubiyoti.


4.Yosh futbolchilarni tanlash.


5.Yosh futbolchilarni tanlashda tehnik va taktik tayyorgarlik.




Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Jismoniy madaniyat komil insonni tarbiyalashdek muqaddasvazifani bajarishda barcha o’quv yurtlari ta`lim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat irodali chaqqon vatanparvarlik ruqida tarbiyalab voyaga etkazish uchun jismoniy tarbiya mashqulotlarini O’zbekiston Respublika "Talim to’qrisida"gi qonuni, "Kadrlar tayorlash milliy dasturi" qamda "O’zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’qrisida"gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori 03.06.2017 y. PQ-303123-son, 455- modda Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qarori, g‘amxo‘rliklari, ya’ni yosh avlodni jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash borasidagi dil so‘zlari va bu soxa buyicha davlat dasturining ishlab chiqilishi, ayniqsa, yosh sportchilarga zo‘r qanot bo‘ldi.
Ushbu ishlarni samarali bajarish uchun bolalarni eng kichik yoshdan boshlab jismoniy-tarbiya bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin. O’zbekistonda Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’qrisida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim muqim aqamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jis moniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning ham da Respublika jismoniy -tarbiya va sport qo’mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Respubli kamizda amalga oshirilatyotgan jismoniy madaniyatni o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom-ruhan tetik va bunyodkor insonni qayotga tayyorlashtdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Biz sog’lom avlodni tatbiyalab etkazishimiz kerak, Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’liqni emas balki sharqona odob-ahloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kuamol topgan insonni tushunamiz", -deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-yig’ilishidagi ma`ruzasida. “Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom hushchaqchaq har tomonlama jismonan rivojlangan, mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan qo’riqchilarni
tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir”. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Sog’lom avlod uchun" ordenini topshirish marosimida so’zlashgan nutqlarida alohida ta`kidlab o’tganlar: "Biz asrimizning kelajag avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta`sis etdik va maxsus halqaro jamg’arma tuzdik. Sog’lom avlod deganda biz faqat baquvvat farzandlarimizni emas balki ma`naviy boy avlodga ega bo’lgan halqni tushunishimiz kerak. Bunday halqni hech kim hech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog’imiz kerak".
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g’oyat muxim bo’lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o’z oldimizga qo’yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr-intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor axamiyat kasb etadigan asr, degan xayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.
"Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishda ta`lim soxasini rivojlantirish, avvalambor, uning moddiy - texnik bazasini mustaxkamlash, yangi o’quv muassasalari qurish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash masalasiga e`tibor yanada kuchaytirildi.
Yuqoridagi amaliy tadbirlarni ta`kidlashdan maqsad shundanki, ularni tashkil qilish, amaliy va nazariy jiqatdan tashkil qilish asosida faoliyat ko’rsatishni ko’pincha ilmiy xodimlar tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib boriladi. Shu sababdan ilmiy tadqiqotlar tashkiliy ishlarda faollik ko’rsatib kelayotgan mutaxassislarni ishga olish maqsadga muvofiqdir. Ular orasida professorlar T.S.O’smonxo’jaev, R.Salomov, J.Nurshin, F.Kerimov (Tshkent), T.X.Xoldorov, A.T.Sodiqov, X.A.Miliev, B.A.Buriboev, F.Axmedov, O.Ý.Muqimov (Jizzax), Q.Rafiev, A.X.G’ulomov (Samarqand) Gapparov Z.G. Iseev SH.T. Iseev SH.T. Kachani L. Gorskiy L. Koshbaxtiev I.A. Kurbanov O.A. Nurimov R.I.va boshqalarining o’quv uslubiy qo’llanmalari ilmiy maqolalari, monografiyalari olqishga sazovordir.
R.N.Poliyani fikriga ko’ra 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch va chaqqonlik sifatlarining o’sishi kuzatiladi. Tezkorlik va egiluvchanlik qobiliyati esa biroz susayadi. 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezkorlik kuchini rivojlantirishga oid hajmini ko’tarish maqsadga muvofiq. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov, V.P.Filinlar ham qullab-quvvatlaganlar. I.Arshavskiy, Ya.V.Vaynbaum, A.Tujalavskiy va
boshqalar. Yosh sportchilarning funktsional tayyorgarligini ilmiy tekshirish nitajasida jismoniy mashqlar organizmning rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynashi tasdiqlangan.
V.S.Daxnovenkiy va boshqalar tezkor kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mabaynida muntazam shug’ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanish mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib bergan.
Kuch va tezkorlikni chidamkorligi sportchilarni yosh sportchilarni juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo’rma-zo’raki o’stirishga intilish salbiy oqibatlarga olib kelish extimolidan xoli emasligi alohida ta`kidlab o’tilgan (A.R.Akromov, M.A.Godip, SH.T.Iseev, G.M.Sergeev, R.I.Nurimova, S.A.Savin va boshqalar).
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar shularida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (Z.G.Gapparov, D.Jarnin, V.I.Samakov, G.M.Sergeev va boshqalar).
Ta`kidlash lozimki Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan.
O’zbekiston Respublikasi yosh futbolchilarni jismoniy qobili yatlarini rivojlantirish bo’yi cha olimlar tomonidan kam yoritilgan bo’lib adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki yosh sportchilarni yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligiga qarab yozilgan va jismoniy tarbiya darslarida futbol o’yinini o’rgatish uslublari to’g’risida metodik tavsiyanomalar topa olmadik. Tadqiqotning maqsadi. Futbolda tanlash va yunaltirish asosida mashgulotlarni tashkil etishdi beriladigan mashg’ulotlar samaradorligini oshirish.
Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar yordamida amalga oshiriladi. 1.Yosh futbolchilarning o’yinlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash. 2.14-15 yoshli futbolchi o’quvchilarni umumiy va maxsus tayyorgarlik
darajasini aniqlash.
3.Mashg’ulot jarayonida futbolchilarni tayyorlash yo’nalishga muvofiq qiladigan harakatli o’yinlarni tasniflash.
Shu boisdan ham tadqiqot mavzusini “o’quvchilarning futbol sport turiga jismoniy tayyorgarligini oshirish yo`llari” deb nomladik.







Download 491.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling