Yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari


Download 368.5 Kb.
bet11/15
Sana04.04.2023
Hajmi368.5 Kb.
#1324900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari

8. GANDBOL O‘YINI TAKTIKASI.
O‘yinda muvaffaqiyatga erishish, asosan, to‘g‘ri harakat qilishga bog‘liq. Buning uchun o‘yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanish kerak.
Taktika - bu o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan individual, guruh yoki jamoa harakatlarining tashkil qilinishiga, ya’ni jamoa o‘yinchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlaridir.
Taktikaning asosiy vazifasi hujum va himoya harakatlarining maqsadga yo‘naltiradigan eng qulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iborat. Taktika turini tanlash jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning holatiga, iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq.
O‘yin taktikasi doimiy rivojlanish xususiyatiga ega. Ba’zi hollarda hujum himoyadan ustun kelib, u o‘yinchilardan himoyada taktik usullarning yangi variantlarini kashf etishni talab qiladi. Lekin ba’zan himoya shuncha mustahkam bo‘ladiki, o‘yinchilar g‘alabani qo‘lga kiritish uchun hujumda yangi taktik usullar va vositalar ixtiro qilishga majbur bo‘ladilar. Hozirgi zamon taktikasi yuqori individual texnik mahorat va o‘yinchilarning yuqori tezlikdagi o‘zaro harakatlanishi asosiga quribadi.
O‘yin taktikasining tasniflanishi.
O‘yin taktikasi maydon o‘yinchisi taktikasi va darvozabon o‘yini taktikasidan iborat. Faoliyat yo‘nalishi jihatidan esa taktika hujum taktikasi va himoya taktikasini tashkil etadi. SHu aytib o‘tilgan taktika turlari bir necha guruhlardan iborat bo‘lib, ular individual, guruh va jamoa harakatlaridan iborat.
Individual harakatlar bu o‘yinchining mustaqil harakati bo‘lib, jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni bajarishga qaratiladi va jamoadoshlar yordamisiz amalga oshiriladi.
Guruh harakatlari-bu ikki yoki uch o‘yinchining jamoa vazifalarini bajarishga qaratilgan o‘zaro harakatlaridir.
Jamoa harakatlari - bu jamoa o‘yinchilarining jamoa vazifalarini bajarishga qaratilgan o‘zaro harakatlaridir.
Har bir harakatlar guruhi bir qancha harakat turidan iborat. Harakat turi o‘yinchilarning o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, harakat tizimi paydo bo‘ladi.
O‘yin tizimi deb o‘yinchilar o‘zaro harakatlarining tashkil etilishiga aytiladi. O‘yin tizimi bo‘yicha har bir o‘yinchining vazifalari aniqlanadi va mazkur vazifalarga ko‘ra maydonda joylashtiriladi.
O‘yinchilarning har bir harakat turini qaysi usulda amalga oshirishi raqiblariga ta’sir qiiishiga qarab belgilanadi: o‘yinchilar maydonda to‘planib yoki, aksincha, yoyilib harakat qiladi. Harakat usullari qo‘shimcha variantlarga ega.

Download 368.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling