Yosh krizislari


Download 1.76 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1485741
  1   2   3
Bog'liq
YOSH KRIZISLARI

YOSH KRIZISLARI

Tibbiyot psixologiyasi

Olimov Avazbek 6-20

Yosh krizislari va yetakchi faoliyati


Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari
01
Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari, omillari
02
Yosh taraqqiyotini davrlarga bo`lish
03

Asosiy tushunchalar: Senzitiv davr – biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr. Interiorizatsiyaavval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi. Akseleratsiya – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi. Yosh – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud.

Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi. Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy- iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil opadi, shakllanadi.

Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli bir yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga to’g’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba’zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida qaysar, asabiy bo’lib qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo’ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlari qondirilmaydigan bolalar shunday reaksiya namoyon qiladilar. Shaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yo’nalishda: ijtimoiylashuv va individuallashuv ko’rinishida bo’lib turli yosh davrlaridagi krizislar ham mos ravishda turli xarakterga ega.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling