Yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida shartnoma №2023 yil 13 aprel


Oliy ta’lim muassasasining huquq va majburiyatlari


Download 27.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi27.81 Kb.
#1399009
1   2   3
Bog'liq
Namuna 3

1. Oliy ta’lim muassasasining huquq va majburiyatlari 
- talaba zamon talablari darajasida bilim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risidagi" qonunga 
muvofiq Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan tegishli o‘quv sharoitlarini 
yaratib berish, shu jumladan: 
- amaliyotini bevosita ishlab chiqarishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratish; 
- talabaga o‘quv jarayonida bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborot berish; 
- o‘qishni tugatgach, talabani o‘z mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ishga yuborish, bunda shartnoma 
qilingan joyga borib ishlashini o‘rnatilgan tartibda e’tiborga olish; 
- har oyda o‘rnatilgan muddat va tartibda stipendiya to‘lovlarni amalga oshirish; 
- o‘qishni tugatish arafasida ish joyi, lavozimi, mehnat va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
ta’minlash;
- talaba ishga joylashganidan keyin 3 yil davomida unga zaruriy uslubiy yordam ko‘rsatish; 
- talaba oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda 
choralar ko‘rish; 
- talaba taqsimot bo‘yicha ishga bormagan taqdirda egallagan mutaxassisligi to‘g‘risida xujjat o‘rniga 
ma’lumotnoma berish to‘g‘risidagi masalani maxsus komissiyada ko‘rib chiqish. 
2. Yosh mutaxassisning huquq va majburiyatlari 
- taqsimot bo‘yicha yuborilgan joydagi mehnat faoliyati davrida malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyati 
uchun OTM imkoniyatlaridan beg‘araz shaklda foydalanish; 
- bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining komissiyasi qarori bo‘yicha yuborilgan 
joyda belgilangan muddatni (uch yil) to‘liq ishlab berish; 
- taqsimot bo‘yicha ish joyida belgilangan imtiyozlar o‘z vaqtida berilmagan taqdirda qonunchilikda 
o‘rnatilgan tartibda undirib olish; 
- mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, Nizomlar va intizom to‘g‘risidagi
qoidalar)ga rioya qilish; 
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish; 
- mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish; 
- lavozim yo‘riqnomalari va malaka majburiyatlariga rioya qilish; 


- amaldagi qonun va xujjatlarga rioya qilish; 
- jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish; 

Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling