Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Yosh oila va sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish


Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nikohning mustahkamligi


Download 57.5 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1143389
1   2   3
Bog'liq
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari

Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nikohning mustahkamligi
Oila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan. Bu modda kiritilishining mohiyati shundaki, imonli, insofli va yaxshi niyatli inson uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda bo‘lishiga qayg‘urish qanchalik muhim va majburiy bo‘lsa, yoki ota-ona bo‘lish mas’uliyati kuchli bo‘lsa, o‘zidan sog‘lom zurriyot qoldirish, uni sog‘-salomat katta qilib voyaga yetkazish, to‘g‘ri tarbiya berish shunchalik mas’uliyatli va majburiy ishdir. Shuning uchun ham har bir yigit va qiz, yoki ularning ota-onalari yangi oila qurish ishini savob va mas’uliyatli deb anglasalar, nikohga kiruvchilarning pushti va nasli nuqtai nazaridan sog‘-salomatligiga ishonch hosil qilish shunchalik zururdir. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan har ikki yosh eng avvalo o‘z vijdoni oldida toza bo‘lishi masalaning bir tomoni bo‘lsa, hali oilani qurmay turib, uning salomatligi haqida qayg‘urayotganligi ulardagi ana shu nikohday muqaddas narsaga bo‘lgan jiddiy va mas’uliyatli munosabatining namoyon bo‘lishidir. Ayniqsa, bugungi bozor munosabatlari sharoitida oila har bir a’zosining sog‘lom bo‘lishi, yangi tug‘ilgan farzandning sog‘ va salomat katta bo‘lishi qanchalik muhim iqtisodiy hamda ma’naviy masala ekanligini bugun hamma tushunib qoldi.
Jamiyatda sog‘lom oilalar sonini oshirish maqsadida qabul qilingan qarorlardan biri bu – “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomdir. Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda qabul qilgan 365 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu Nizomga ko‘ra, barcha barcha fuqarolar nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari zarur. Bunda bo‘lajak kelin-kuyovlar beshta asosiy xastalik – sil, teri-tanosil, giyohvandlik, OITS, ruhiy kasalliklar bo‘yicha tekshiriladi. Sababi, bu beshta kasallik bevosita naslga ta’sir qiladi.
Kuzatishlar va amaliyot shuni tasdiqlamoqdaki, nikoholdi tibbiy ko‘rikdan ongli ravishda o‘tish, salomatlikni asrashning aynan o‘zimizga, oilamizga bog‘liq jihatlarini bilish, bolalar sporti, oilaviy, ommaviy sportni rivojlantirish, oilada sog‘lom yashash tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish millatni jisplashtiruvchi, naslni poklovchi, davlatni kuchli qiluvchi omil sifatida baholanmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar yurtdoshlarimizda “salomatlik” qadriyatiga munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgarayotganligini isbotlamoqda. Xususan, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish “Ijtimoiy fikr” Markazlarining tadqiqot natijalariga e’tibor beradigan bo‘lsak, agar 2003 yilda aholining faqat 42,7 foizigina nikoholdi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ongli munosabatni ifoda etgan bo‘lsa, 2005 yilda bunday ijobiy ko‘rsatgich 84,4 foizni tashkil etdi. Oxirgi yillarda bu borada yanada sezilarli ijobiy o‘zgarishlarning sababi ham eng avvalo yosh onaning, kelinchakning salomatligini muhofaza qilish istagi yetakchi omil bo‘layotganligidir.
Olimlarning kuzatishlari va tadqiqotlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, yosh kelin-kuyovlarda xastaliklarni oldini olish yoki bemor bo‘lib qolganda dori-darmonlarni iste’mol qilishga munosabati keskin o‘zgarib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Yurtdoshlarimiz bunda eng avvalo profilaktik tibbiyot, ya’ni xastalikni oldini olish uchun sog‘lom turmush tarzi qonun-qoidalariga rioya etish, bunda sog‘lom fikr va ruhiy quvvatdan foydalanish, bo‘lgan-bo‘lmagan dorilarni iste’mol qilavermaslik ko‘nikmalarini egallab borayotganligi tasdiqladi. Bu ham ma’lum ma’noda mamlkatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” ijtimoiy harakatining, samarali targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijasidir. Qishloq xududlarida aholining toza ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena shart-sharoitlarini yaratish, xususan, ota-bobolarimizdan qolgan har bir mahallada sharqona yuvinish maskanlari bo‘lmish hammomlar qurilishiga e’tiborning ortayotganligi ham yurtdoshlarimiz psixologiyasining muhim o‘zgarishlaridandir.
Oxirgi yillarda ommaviy sportga, oilaviy hamda bolalar, ayollar sportiga e’tibor yanada kuchaydi. “Barkamol avlod” sport o‘yinlari, “Universiada”, “Umid nihollari” musobaqalari, Respublika ayollar spartakiadasi, badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro bellashuvlar va boshqalar o‘z ko‘lami va xalqchilligi bilan xalq e’tirofini qozondi. Ushbu sa’yi harakatlar davlatimizning bu boradagi strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq bilan hamjihat ekanligini isbotlamoqda. Yurtimiz ayollari va bolalar sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini tiklash va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish uchun emas, balki u orqali sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ibot qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan halos bo‘lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug‘ullanayotganliklari har qanday taxsinga loyiqdir.
Bularning barchasi strategik maqsadimiz – milliy genofondni yaxshilash, barkamol va sog‘lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarni yanada takomillashtirish orqali yosh oilalarning barqarorligiga erishishdan iboratdir.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling