1. Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari
Download 45.37 Kb.
|
Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri kasalliklari
Reja: 1.Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari 2.Teri -tanosil kasalliklariga oid atamalarning nutq uslublarida qo'llanilishi 3.Teri -tanosil xastaliklariga oid birliklarning semantik va sintaktik tahlil Hozirgi kunda teri kasalliklari bilan xastalangan bemorlar aholi orasida ko'payib bormoqda .Bulardan teri allergik kasalliklari psorioz ,ya'ni qipiqli temiratki ,vitiligo,alopesiya,husnbuzar kasalliklaridir.Bunga sabab organizm immun tizimining buzilishi,modda almashinuvi,neyro-endokrin kasalliklari hamda tashqi omillardan ekologik omillar,alimentar ,asabiylashish va shu bilan bir qatorda bemor tomonidan nazoratsiz dori vositalarini qabul qilishlari kasallikning rivojlanishi va og'ir shakllariga o'tib ketishiga sabab bo'lar ekan. Ko'rib turganimizdek ,shifokorlar nutqida ishlatiladigan ko'pchilik kasallik nomlari notanish va bu shifokor -bemor o'rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi .Shifokorlar nutqini oydinlashtirish ,bemorlar bilan aloqani yaxshilash ,bundan til-lug'at tizimining boyishiga xizmat qiluvchi tibbiy birliklar ma'nosini izohlab , tushuntirish tilshunoslar oldidagi ulkan vazifalardan biri sanaladi.Shunday ekan, teri-tanosil kasalliklarini ifodalovchi til birliklarining ayrim xususiyatlari bilan tanishsak. Teri kasalliklari—asab buzilishlari tufayli paydo bo'lib ,uning poydevori asosan bolalikda qo'yiladi.Bola tug'ilganidan to voyaga yetgunicha ona bilan bo'lgisi , uning bag'rida erkalanib yotgisi keladi.Ammo onaning vaqti yo'q,ishlashi kerak,ro'zg'or tashvishlari tufayli bolasi bilan o'ralashib o'tirishga imkon topolmaydi.Natijada ushbu kasallik paydo bo'ladi. Usmonxo'jayev A.Eng yaxshi davo.T:."Qaqnus media" 2007.169b. Dog'– terining chegaralangan rangli o'zgarishi bo'lib,u teri sathidan ko'tarilib turmaydi va paypaslaganda sezilmaydi.Dog'ning kelib chiqish sabablariga qarab ,qon tomirli,pigmentli ,sun'iy turlarga bo'linadi . Vaisov A. "Teri va tanosil kasalliklari". T:."Yangi asr avlodi" 2009.33b Download 45.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling