1. Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari


Download 45.37 Kb.
bet2/8
Sana02.06.2024
Hajmi45.37 Kb.
#1838439
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Teri -tanosil kasalliklarining lingvistik xususiyatlari

Pigmentli dog'lar–teri hujayralarida pigment melanin yo'qolishi,kamayishi yoki ko'payishi natijasida paydo bo'ladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari".T:."Yangi asr avlodi" 2009.33b
Tuguncha— bu birlamchi,proliferativ,bo'shliqsiz,teri sathidan ko'tarilib turadigan,kattaligi 1sm gacha bo'ladigan yiza element bo'lib,epidermis va dermaning yuza qismida ro'y beradigan patalogik o'zgarishlar natijasida paydo bo'ladi.Vaqt o'tib o'zgarib so'rilib ketadi va o'rnida dog' qoladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari" .T:."Yangi asr avlodi"2009.34b
Qavarchiq yoki bo'rtma—bu ekssudativ ,lekin bo'shliq hosil qilmaydigan,teridan salgina ko'tarilib turadigan toshma.Bo'rtma terining epidermis qavatida ,hujayralar ichida tez o'tadigan suyuqlik yig'ilishi natijasida paydo bo'ladi.
Vaisov A"Teri va tanosil kasalliklari".T:."Yangi asr avlodi"2009.35b
Pufakcha —bu birlamchi ekssudativ toshma bo'lib, bo'shliq hosil qiladi,teri sathidan ko'tarilib turadi.Kattaligi 1 sm gacha bo'ladi.Pufakcha ichida seroz suyuqligi bo'ladi.
Vaisov A ."Teri va tanosil kasalliklari" T:."Yangi asr avlodi"2009 36b
Do'mboqcha —u birlamchi, proliferativ, bo'shliqsiz,teri sathidan kotarilib turadigan ,kattaligi 1 sm gacha bo'lgan chuqur element bo'lib,derma qavatida patologik o'zgarishlar natijasida paydo bo'ladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari" T:."Yangi asr avlodi" 2009 36b.
Shilinish—terining butunlik holati yuzaki buzilishi.Bu faqatgina epidermisda bo'shliq hosil qiladigan birlamchi toshmalar yorilishi natijasida hosil bo'ladi.Shilinish yuzasini suyuqlik qoplaydi.
Vaisov A." Teri va tanosil kasalliklari" T:."Yangi asr avlodi"2009 38b
Chaqa—bu chiziqsimon shilinish desa ham bo'ladi.Chaqa terining yuzaki yoki chuqur shikastlanishi ko'pincha, terining qichishishi natijasida paydo bo'ladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari" T:."Yangi asr avlodi" 2009 38b
Yiringcha—bu birlamchi ekssudativ , bo'shliqli ,teri sathidan ko'tarilib turadigan, bo'shlig'ida yiring suyuqligi saqlovchi yuza yoki chuqur element bo'lishi mumkin.Yiringcha soch follukuli atrofida yoki hujayralar ichidagi shish hisobiga vujudga keladi.
Vaisov A."Teri va tanosil kasalliklari"T:." Yangi asr avlodi" 2009 39b

Download 45.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling