Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari
Yosh oila va soglom turmush tarzini barqarorlashtirish
Download 66.5 Kb.
|
2-mavzu
Yosh oila va soglom turmush tarzini barqarorlashtirish
Yosh oilaning mustahkamligi, undagi manaviy muhitning barqarorligi yoshlarning salomatligiga, soglom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham bogliq. Bunda ota-onaning, yaqin qarindosh-uruglarning umuman soglom turmush tarzi haqidagi tasavvurlari qanchalik aniq va ularning kundalik turmushda salomatlikni asrash korikmalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi. Gap eng katta boyligimiz salomatlik haqida borar ekan, qulogimizga tez-tez chalinayotgan soglom turmush tarzi tushunchasining ozi xususida olimlar fikrlarini tahlil etish lozim. Olimlar hamda mutaxassislarning takidlashlaricha, soglom turmush tarzining beshta asosiy sharti bolib, bular eng avvalo togri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan saqlanish, mehnat qilish va faol dam olishni togri tashkillashtirish hamda gigiyenik konikmalarga amal qilishdir. Mana shu shartlarga rioya qilgan kishining salomatligi shubhasiz oz qolida boladi. Lekin kopincha bu shartlarga amal qilish yoshlarga kopincha erish tuyuladi. Hozirgi kunda kopchilik ortasida uchrayotgan kasalliklar va bevaqt olimning asosiy sabablaridan biri oila azolarining soglom bolish uchun ozlari harakat qilmayotganliklari, hali ham biron bir mojizaviy hayot baxsh etuvchi dori yoki shifokor bolishiga ishonib, yashayotganliklaridir. Albatta, zamonaviy tibbiyot fani Ozbekistonda ham rivojlanish ketdi, tibbiyot xodimlari orasida oz kasbining ustasi bolgan oliyjanob insonlar ham kop. Lekin agar inson oz turmush tarzini ongli tashkil etib, kasal bolib qolganda ham unga qarshi osha shifokor bilan tengma-teng ongli ravishda turmasa, dardni yengish mushukul bolishini bugun kopchilik yaxshi biladi. Lekin yoshlar ortasida shu oddiy haqiqatni bilmaganlar ham kop. Salomatlikni oz vaqtida oz uyimiz, ozimiz organib qolgan muhitda saqlay olmaganligimizning, farzandlarimizni ilk yoshligidan soglom turmush tarzi konikmalariga orgatmaganligimizning sabablari ham bor. Buning obyektiv sabablaridan biri sobiq sovet davrida tibbiy xizmatning bepulligi, tibbiyot xodimlari malakasiga nisbatan talabchanlikning past bolganligidir. Bu siyosat eski tuzumning boshlangich davrlarida aholi ortasida uchragan kopgina kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilgan bolsa-da, shu bilan birga, bunday siyosat kishilarda oz sogliqlariga befarqlik, boqimandalik kayfiyatini ham shakllantirdi. Yana bitta sabablaridan biri kasallikni sababi bilan emas, uning oqibati bilan kurashib kelindi. Natijada kasalxonalar qurish, ularda koykalar soni oshirishga koproq etibor berilib, targibot sohasiga ikkinchi darajali sifatida qaraldi. Oqibatda aholi orasida tibbiy madaniyatning pastligi tufayli kasallanishning kopayib borishi davom etdi. Bu oz ozidan malumki, har bir oilaning budjetiga salbiy tasir korsatdi. Oqibatda bu nafaqat budjetga, balki oilaning mustahkamligiga ham salbiy tasir korsatdi va hozir ham shunday. Shuni alohida masuliyat bilan takidlash joizki, davlatimiz asosini tashkil etgan yosh oilalar ravnaqi kelajagimiz poydevorini soglomlashtirish uchun targibotni eng avvallo oiladan, qolaversa, barchamiz uchun vatan ichra vatan bolgan mahalladan boshlash kerak. Chunki, soglom turmushi tarzini oilada togri yolga qoysak, shu oila azosi salomatlik eng birinchi darajali ekanligini tushunib yetadi. Bir oila tushunib yetgan narsani shu oilaning boshqa yaqinlari qarindosh-uruglar, keyinchalik yoru-birodarlar, nihoyat qoni-qoshnilar tushunib yetadi. Olimlarning fikricha, inson salomatligining 51,6% soglom turmush tarziga, 20,5 % irsiyatga, 19,3 % tashqi ekologik muhitga, 8,6% sogliqni saqlash tizimiga bogliq ekan. Korinib turibdiki, salomatlik har bir insonning qanday hayot kechirishi, nima yeyishi, kimlar bilan muomala qilishi, ozi uchun munosib, qulay hayot tarzini ishda ham, dam olishda ham tashkil eta olishiga bevosita aloqador ekan. Salomatlik bu nafaqat sog-salomat yurish degani, balki uzoq umr korish garovi hamdir. Tugilish, osib ulgayish, voyaga yetib shaxsiy va umuminsoniy manfaatlar yolida faoliyat korsatish, qarish-qartayish va olim bular inson hayot yolining qonuniy bekatlaridir. Bu hayot uchun kurash salomatlik uchun kurash ekanligini anglashni taqozo etadi. Demak, soglom turmush tarzi bu har bir insonning manaviy, aqliy, ruhiy va jismoniy xususiyatlarga ega bolishga harakat qilishidir. Agar inson oz hayotini faol harakatlanish rejimiga sola olsa, kun tartibini ongli belgilay olsa, ovqatlanish, mehnat qilish yoki dam olish tartiblarini togri tashkil eta olsa, gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda zararli odatlardan ozini tiya bilsa, atrof-muhitga ehtiyotlik va sarishtalik bilan qarab, oilada va yonidagi qoni-qoshni, yaqin qarindoshlar bilan tinch-totuv yashashga imkon beruvchi muomala madaniyatiga ega bolsa va soglom farzandning tugilishiga eng avvalo ozi masul ekanligini tushunsa, unda soglom turmush tarzi haqida tasavvurlar mavjud, deyish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoda salomatlik va soglom turmush tarziga katta etibor berilmoqda. Masalan, amerikalik olimlar bu narsaga panja ortida qarash nimaga olib keladi, degan savolga koproq ularni agressiv xulq-atvor bilan boglamoqdalar. Yani, odam urushqoq, salga tajang boladigan, sabrsiz bolib qoladi. Bu narsa oxir oqibat giyohvandikka berilish, ichkilikka ruju qoyish, oilada er-xotin ortasida nosoglom munosabatlarning kelib chiqishi, ayolga nisbatan zugumning ortishi, sportga nisbatan befarqlik, shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Respublika Oila ilmiy-amaliy markazi olimlari 2000 yillarning boshida Ozbekiston xududidagi qishloq oilalari azolarining soglom turmush tarzi borasidagi savodxonligini maxsus tadqiqot doirasida organdi. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasidagi 600 dan ziyod xotin-qizlar bilan suhbat va sorovlar otkazildi. Soraluvchilarning aksariyati tugish yoshidagi ayollar bolib, ularning fikrlarini umumlashtirib tahlil qilinganda, oilali ayollarning 21%i va erkaklarning 9,9% surunkali kasalliklarga chalingan ekan. Soraluvchilardan 53,3%i faqat kasal bolgandagina vrachga murojaat qiladi, qolganlari vaqti-vaqti bilan murojaat qiluvchilardir. Demak, kopchilik betob bolib qolganlagina vrachga murojaat qiladi, hattoki, kasal otib ketgandan keyin vaqt topadiganlar ham kam emas. Demak, soglom turmush tarziga aloqador tibbiy madaniyatimiz borasida oylashga arziydigan muammo bor. Shu bois ham, soglom turmush tarzi kategoriyasi koproq ijtimoiy kategoriya bolgani Markaz olimlari soraluvchilarning tibbiy-gigiyenik malumoti darajasini organdilar. Masalan, Oz farzandlaringiz bilan tibbiy-gigiyenik mavzuda suhbatlashib turasizmi? degan savolga barcha sorluvchilarning 62,6% ijobiy javob bergan bolsalar, umuman gaplashmaydiganlar 19,8%ni tashkil etdi. Bu oylantiradigan holat, albatta. Lekin tibbiy bilimning zaruratini anglaydiganlar qishloq aholisi ortasida ortib bormoqda. Masalan, soraganlarimizning 82% Har bir kishi tibbiy bilimga ega bolishi kerak deb hisoblaydi. Shunisi etiborga molikki, organilgan guruhdagilarning 87,7 foizida birinchi farzandlari qolgan keyingilariga nisbatan koproq xastalangan. Demak, yosh ona bolasini parvarish etish malakasiga, tajribasiga ega bolmaganidan tez-tez kasal qilib qoyadi. Aynan oshalar tibbiy savodxonlikka muhtojdir. Albatta, soglom turmush tarzi tushunchasi har insonda oziga xos tarzda shakllanar ekan. Respondentlarga Soglom turmush tarzini qanday tushunasiz? deb savol bilan murojaat qilinganda, kopchilik, yani soralganlarning salkam 41%i uni atrof-muhit tozaligi bilan, 37,3% i togri, ratsion boyicha ovqatlanish bilan, qolganlar oz vaqtida uxlash, sport bilan shugullanish (28,4%), chekmaslik, ichmaslik kabilar bilan boglashdi. Albatta, bu kabi soglom turmush tarzi bilan bogliq tasavvurlar shakllanadi, kerak bolsa, tarbiyalanadi. Soglom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni qayerdan olish mumkinligini organilganda, tabiiy, OAVning orni va roli katta ekanligi malum boldi. Ayniqsa, xotin-qizlarning fikricha, televideniyening roli katta (72,6%), gazetalar ikkinchi orinda 57,5%, jurnallar 46,3% va radio 31,2%. Demak, bu manbalardagi axborot va malumotlarning xalqbop, ommabop bolishiga alohida etibor berish, mahalla guzarlarda radio eshittirishlari va davriy gazeta, jurnallarning vaqtida berilishiga alohida etibor berish lozim. Demak, soglom turmush tarzi togrisida har bir yosh avlodda shakllanadigan bilimlar, tasavvurlar va ularning amaliy turmush tarkibida ongli xatti-harakatga aylanishi koplab ijtimoiy muammolarni yechishga imkon beradi. Shuning uchun ham bugun xalq ortasida amalga oshiriladigan targibot va tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish, buni mafkuraviy va manaviy ishlarning tarkibiy qismiga aylantirish lozim. Mustaqil yurtimizda keng quloch yozayotgan bolalar sportini rivojlantirish, oilaviy sportni milliy mentalitetimiz xususiyatlariga mos tarzda hayotga joriy etish, mustahkam oilada soglom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha say-haraktalarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bolib, yurtimizda tinchlik, totuvlik hamda rivojlanishga, yosh oilalarning mustahkamligiga xissa boladi. Bunda mamlakatimzda amalga oshirilayotgan qator hayrli tadbirlar, jumladan nikoholdi tibbiy korikdan kelin va kuyovlarni otkazish amaliyoti ozining juda katta ijobiy samarasini berishi tabiiy. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling