Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari
Download 66,5 Kb.
|
2-mavzu
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Reja:
katta oilaviy hayot muddati 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi. Koplab olimlarning takidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni ozi mustaqil xal qilishi uchun zarur bolgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bolgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uygun qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida korgan-kechirganlarini uchun oz oilasida qollay bilish mahoratiga bevosita bogliqdir. Lekin baribir har bir oila aynan yoshlik davrida muaytsyan qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu muammolar quyidagi holatlarga bogliq tarzda namoyon boladi: oilaviy hayotni bir maromda kechishini taminlash, ishlash, oqish yoki boshqa masalalarni xal qilish uchun vaqtning yetishmasligi; vaqtni yaxshi otkazish, kongilxushliklarning cheklanganligi; yangi sharoitda erkakning ham ayolning jismonan toliqishi, asablarning charchashi; iqtisodiy qiyinchiliklar. Oxirgi holat bir tomondan, ayni paytda yoshlardagi orzu-havasning kopayib ketishi bilan izohlansa, boshqa tomondan, ota-onalarning orzu-qavaslariyu, bordi-keldi bilan bogliq sarf-xarajatlarning ortib borishi bilan chambarchas bogliqdir. Ozbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bolishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bolgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi. Bu osha orzu-havaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Buning yorqin isboti 2007 yilning Ijtimoiy himoya yili deb elon qilinganligi, ushbu yilda qabul qilingan davlat dasturida yosh oila manfaatini himoya qilish alohida bandda aks etganligi va nihoyat, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 may kuni imzolagan Yosh oilalarni moddiy va manaviy qollab-quvvatlashna doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Farmonidir. Farmonning ijtimoiy hamda tarixiy ahamiyati shundaki, unda yosh oila mustahkam va unda tarbiyalanayotgan farzandlarning sog-salomat uylagishlariga oid barcha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Xususan, kop boginli va kop farznadli oilalar soni nisbatan kop bolgan bizning sharoitimizda Prezident Farmoni boyicha yosh oilalarning maishiy turmush sharoitini yaxshilash, kam taminlangan oila farzandlarining nikohdan otishi va toy marosimlarini otkazishda qoshimcha moddiy yordam korsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni xohlaganlar uchun, uy-joy qurilishi, tamirlash va sotib olish uchun, uy hojaligini yolga qoyish, mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar uchun ipoteka, istemol kreditlarining imtiyozli tarzda berilishi kabi tadbirlar oila mustahkam va baxtli hayot kechirishini kafolatlovchi muoim masalalardir. Oxiri statistik malumotlarga qaraganda, Ozbekistonda yiliga ortacha 175-180 mingdan ortiq nikohlar qayd etiladi. Umumiy oilalar miqdoriga nisyubatan qaralganda yosh oilalar salkam 40 foizni tashkil etadi. Demak, oila sonining kopligi ular orasida moddiy va manaviy jihatdan qollab-quvvatlashga muhtojlari ham bolishi tabiiy ekanligini koratstadi va xukumatimiz va shaxsan Prezidentimizning bu boradagi siyosati aynan yosh oilaning manfaatlarini himoya qilish yolidagi sayi-harakatlardan biridir. Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri yoshlarning ozaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga konikishi masalasidir. Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan otgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bolishi tabiiy. Yigit-ku oz uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng ogiri kelinchakning boyniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan biri esa yangi oila azolari bilan muomala maromlarini togri ornatishdir. Togri, toydan keyin turkona, ozbekoana urq-odatga kora qizning onasi va uning yaqin qarindoshlari kelinchakni yoqlaydi, yani, pishir-kuydir qilib, qiz oz xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar bolib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu yerdagi issiq-sovuqqa tez konikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin ozgarish bolmasligi uchun to konikkuncha, bir necha kun oz xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni yupatish bolsa, ikkinchi manosi ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham ozini oqlaydi, lekin yoqlov bahonasida togoralarda ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jonatilishi, ortiqcha dabdabalarga yol qoyilishida umuman mantiq yoq. Chunki hozir kopchilik onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar. Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta turmush qurmaydigan va oqish, ish bahonasida turli taomlarni yeyishga yoshlikdan organgan sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham birday ishlayveradi. YAni, yosh oilaning mustahkam bolishiga rahna soluvchi omillardan biri hisoblanmish ortiqcha ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning ikkinchi xonadonga yuborilishi bugshungi taraqqiyot bosqichida biroz erish tuyulishi tabiiy. Otkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa malum bolmoqdaki, yosh oilaning tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit berayotgan sabablardan biri qaynonalar bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi. Bu ham oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. Chunki ayniqsa, shahar sharoitida bitta yoki ikkitagina ogil ostirgan ona kopincha yangicha munosabatlar tizimiga ozi konika olmaydi va kelinchakni ham tezroq konikib ketishiga yordam berish choralarini bilmaydi. YAni, qaynona bilan kelin ortasida oziga xos rashkka oxshash munosabatlar paydo boladiki, bu holat qaynonaning kelinga nisbatan adolatli, bagrikeng inson sifatida ish tutishiga halaqit beradi. Toshkent shahrida sodir bolayotgan nikoh ajrimlarining sabablari orasida aynan qaynona bilan kelin ortasidagi nizolarning qayd etilishi yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Shuning uchun bunday holatlarning oldini olishning yollaridan birinchisi bu yoshlarni (yigit va qizlarni) oilaviy munosabatlarga psixologik jihatdan tayyorlash bolsa, ikkinchi yoli jamoatchilikni keng jalb qilgan holda mahallalarda Oila saboqlari, Ota-onalar universiteti kabi marifiy institutlarni joriy etish orqali ota-onalarni ham kelin va kuyov bilan munosabatga, muloqotga orgatishdir. Bunda OAV va ommabop nashr etilgan risolalarning ham ahamiyati katta. Download 66,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling