Yosh o'qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishda muloqotning ahamiyati reja


Pedagogik vazifalami bajarishda foydalaniladigan kommunikativ vazifalar


Download 86 Kb.
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi86 Kb.
#1427273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. YOSH O\'QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Pedagogik vazifalami bajarishda foydalaniladigan kommunikativ vazifalar
Metodlarni belgilash doimo murakkab rauammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o'qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi. O'qituvchining kommunikativ vazifalami bajarishi-pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqansh tamoyillaridan, vaziyat qatnashchilari bshlgan o'quvchilaming individual yosh xususiyatlaridan, ta'sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta'lim-tarbiyaviy ta'sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o'zaro hamkorlikning samaradorligini ta'minlaydi.
Bu o'rinda quyidagi bog'liqlik ko'zga tashlanadi:
birinchidan, sinf jamoasi bilan ishiash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi,
ikkinchidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalami hal qilish yo'llari tanlangan pedagogik ta'sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi.
Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo'lajak o'qituvchi oliy pedagogik ta'lim muassasalarida, qizg'in pedagogik faoliyati davomida hamda o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o'qituvchi quyidagi muhim kommunikativ vazifalami mukammal bilib bajarishi lozim Ushbu yo'nalishlar o'qituvchining kasbiy muloqot ko'nikmalarim" egallash jarayonini to'la ta'minlay oladi deb o'ylash xato bo'ladi. Umumiy ijodiy pozitsiyalami o'zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o'zaro nisbatlash, o'zi uchun uning tizimi, mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik muloqotni egallash bo'yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sha'ni sanaladi.
Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoidalarini o'qituvchi o'z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o'tkazish) zarur.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi kommunikativ vazifalami qanday amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik faoliyatda kommunikativ vazifalaming ahamiyati ko'p qirrali ekanligini o'qituvchi yaxshi his qiladi. Ta'lim-tarbiya davomida o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik, o'quvchilami qandaydir jamoaviy ishlami bajarishga uyushtirish, jamoa a'zolarining o'zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta'minlash kabi kommunikativ vazifalaming pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masalalari ro'yxatini hali uzoq davom yettirishi mumkin.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling