Yosh psixologiyasi


Download 4.06 Mb.
bet145/168
Sana17.06.2023
Hajmi4.06 Mb.
#1541794
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
Bog'liq
1 курс Ёш психологияси УМК 2021й

52.Bola psixik rivojlanishining ilk bosqichlarida kuzatiladigan ikki xil tabassum – spontan va ijtimoiy tabassumning xususiyatlari haqidagi quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri?
a) spontan tabassum ijtimoiy tabassumdan avval paydo bo‘ladi; b) ijtimoiy tabassumning paydo bo‘lishi chaqaloqlik davrining tugayotganini anglatadi; c) spontan tabassum muayyan fiziologik ehtiyojlarning qondirilishiga nisbatan, ijtimoiy tabassum ona ovoziga nisbatan yuzaga keladi; d) barcha javoblar to‘g‘ri.
53.Gospitalizm sindromi – onadan juda erta ajralishi natijasida bolaning psixik rivojlanishida patologik holatlarning yuzaga kelishi hodisasi ilk bor qaysi olim tomonidan nisbatan to‘liq tavsiflangan?
a) R.Spits; b) G.Xarlou; c) Dj.Boulbi; d) A.Maslou.
54.Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e’tibor qaratadi?
a) faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish) larga; b) faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta’qiq) larga; c) ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga; d) yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga.
55.Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga to‘g‘ri keladi?
a) onaning emotsional holatidagi o‘zgarishga nisbatan o‘z affektiv holati bilan javob qaytarish ; b) boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash; c) nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi; d) narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi.
56.“Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi?
a) bola ixtiyoriy xotirasining kuchsizligi; b) bola mantiqiy hotirasining etarlicha rivojlanmaganligi; c) katta odam o‘z hayotining ilk 3-4 yili davomidagi hodisalarni eslay olmasligi; d) katta odam xotirasidagi buzulishlarning bolalikdan boshlanishi.
57.Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha Yoshdan namoyon bo‘ladi?
a) 1 Yosh; b) 3 Yosh; c) 5 Yosh; d) 7 Yosh.

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling