Yosh psixologiyasi


Mavzu yuzasidan test savollari


Download 166.07 Kb.
bet4/4
Sana21.09.2023
Hajmi166.07 Kb.
#1683599
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya 2

Mavzu yuzasidan test savollari


1. Maktabgacha yosh davri necha yoshlarni o‘z ichiga oladi.
A) 3 -7 yosh;
B) 4 -5 yosh;
V) 6 -7 yosh.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng asosiy xususiyati nima.
A) Mulokotchanligi;
B) Harakatchanligi va taklidchanligi;
V) Tashabbuskorligi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xarakter xislatlaridan kaysilari faol rivojlana boshlaydi.
A) Iroda, mustakillik,tashabbuskorlik;
B) Mas’uliyatlilik, kizikuvchanlik;
V) Mulokotga kirishuvchanlik.
4. Eng avvalo bola maktabga kaysi jihatdan tayyor bo‘lishi kerak.
A) Akliy jihatdan;
B) Axlokiy jihatdan;
V) Jismoniy jihatdan.
5. Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi kanday xususiyatlarda ifodalanadi.
A) Bolada o‘z hatti – harakatini boshkarish imkoniyati o‘sganligida;
B) Bola hissiyoti va irodasi rivojlanishidagi darajaning shakllanganligida;
V) SHaxsning bilish faoliyati va turli psixik sifatlarini o‘sishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar hajmining bolada shakllanganligida.
6. Maktabgacha yoshdagi bolaning psixik tarakkiyotiga xos xususiyatlar kaysilar.
A) Lug‘at boyligining ortishi, dikkat va xotira hajmining kengayishi;
B) Bolada ikkinchi signal sistemasining jadal rivojlanib borishi va tafakkurning shakllanishi;
V) Bola rivojlanishiga ta’sir etuvchi yangi ijtimoiy sharoitning kelib chikishi, o‘z – o‘zini tushunish va baholashning o‘sishi, o‘quv faoliyati elementlarinig o‘zlashtirilishi.

HULOSA
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:
.- birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. SHuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir;
- ikkinchidan esa, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda katgalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas,. balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. SHunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir.


Download 166.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling