Yosh psixologiyasining tadqiqot


Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari


Download 99.44 Kb.
bet3/3
Sana14.08.2023
Hajmi99.44 Kb.
#1667010
1   2   3
Bog'liq
YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT

2.2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvch i shaxsini shakllantirishning konkret yollarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi (tasdiqlovchi) eksperimentda sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish darajasi «Meyli» testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada
bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi. «Meyli» testi yana bir bora o‘tkazilib, maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.
2.3. Tadqiqotning yordamchi metodlari
Anketa — savollar yordamida psixologik axborot to'plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksiyasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1. Faktlar («Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting, «Uy joy sharoitingni ta’rifla»).
2. Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini («0‘quv-ishlab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bolishi kerak deb hisoblaysanmi?», «Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?»).
3. 0 ‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin («Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?», «Yozgi oromgohga borasanmi?»).
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a) Filtrlovchi-savollar. М.: agar o'qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: «Sening yoqtiradigan predmeting?». Bunga faqat oliygohga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.
b) Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi — ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
Shakli bo‘yicha anketalar:
a) ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin;
b) yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.
2. Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1) ommaviy o‘rganish imkoniyati;
2) informatsiya to‘plash tezligi;
3) ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imkoniyati;
4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imkoni;
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
6) natijalarni qayd etishning qulay usuli.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klassifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi yuqori emas, chunki o'quvchilar bunga vijdonan yondashmasliklari mumkin.
Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunikativ (muloqotchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan anketa tavsiya qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsi kommunikativ xususiyatlarini baholash anketasi.
Ushbu anketa o‘quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari hamda kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi.
Download 99.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling