Yosh tarixshunoslar


Download 474.67 Kb.
bet13/35
Sana22.09.2023
Hajmi474.67 Kb.
#1684235
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak

Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash


Sana:
Mavzu:XIX asr o’rtalarida O’rta osiyo davlatlari hududi va aholisi
Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda XIX asr o’rtalarida O’rta osiyo davlatlari hududi va aholisi haqida bilimlar berish
XIX asrda 0‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud bo‘lib, ular Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hisoblangan. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar, savdo- sotiq va boshqa sohalar rivoj- lanib borgan bo‘lsa-da, biroq ulaming taraqqiyoti ilg‘or Yevropa davlatlari darajasidan past edi.
Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo‘lib «Buxoroyi Sharif», ya’ni «Muqaddas Buxoro» nomiga ega bo‘lgan. Buxoro amirligining hududi XIX asrda 200 ming kv. km dan ortiqroq edi. Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘lari- dan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan. Davlat hududi XIX asming o‘rta- larida Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan che­garadosh bo‘lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Amirlikda Buxoro, Samarqand, Shahri- sabz, Qarshi, Kitob, G‘uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Ko‘lob kabi yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar mavjud edi. Unga hozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Kofimihon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar, Turkmanistondagi Murg‘ob daryosi vohalaridagi joylar qarashli bo‘lgan. Shu bilan birga, hududiy jihatdan beklik va tumanlarga bo‘linib, ulami amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 27 beklik bo‘lgan.
Xiva xonligining maydoni XIX asming ikkinchi yarmida 130 ming kv. km dan iborat bo‘lib, xonlik yerlari janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ma’muriy markazi Xiva shahri hisoblangan. Xonlikda Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi yirik shaharlar bor edi. Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari bekliklarga bo‘lingan va ulami xon tomonidan tayinlangan beklar va to‘ralar boshqargan. Xonlikda 40 ta beklik mavjud bo‘lgan.
asming boshlarida asosan, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismi- gacha bo‘lgan hududlar Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil davlat - Qo‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko‘- lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalami o‘z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Xonlikda Qo‘qon, Tosh- kent, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, 0‘zgan, 0‘sh, Pishpak, Turkiston, Chimkent kabi ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlar bo‘lgan. Xon­likning hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan farqli o‘laroq, sersuv daryolar, so‘lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo‘lgan. Xonlik bekliklarga bo‘linib, ulami asosan xon tomonidan o‘z qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar bosh­qargan. Xiva xonligida aholi soni 800 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Xonlik aholisining etnik tarkibi asosan, o‘zbeklardan, bundan tashqari turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoq- lar va boshqalardan tashkil topgan.
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga yaqin bo‘lib, asosan o‘zbeklardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga u yerda qirg‘izlar, tojiklar, qozoqlar istiqomat qilgan. Xon­likda uyg‘urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.

Download 474.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling