Yosh tarixshunoslar


Download 474.67 Kb.
bet5/35
Sana22.09.2023
Hajmi474.67 Kb.
#1684235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak

Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash
Sana:
Mavzu: G’arbiy Turk xoqonligi
Mashg’ulot maqsadi:O’quvchilarda G’arbiy turk xoqonligi haqida siyosiy hayoti haqida bilim berish
G’arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O'rta Osiyo va SHarqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G’arbiy xoqonlik ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jixatdan SHarqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. SHarqiy xoqonlik axolisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik axolisining kattagina qismi esa o'troq dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi.
7 asr birinchi choragida G’arbiy xoqonlik nixoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Xind) daryosi bo'ylariga borib taqaladi. XoqonTo'ng yabg’u (618-630) xukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari islox qilinadi.
Viloyat xokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida maxalliy xukmdorlarga xoqonlikning «yabg’u» unvoni beriladi.
Natijada ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. SHu bilan birga O'rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mus¬taqil xokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Dlar xuzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqi¬batida G’arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.Turk xoqonligiga birlashgan axolining xayoti xam, xo'jaligi xam turlicha edi. Ko'chmanchilarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo'lgan.
Xoqonlikda shaxarlar va qishloqlar ko'p bo'lgan. Axolisi dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanardi. Turk xunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog’lar xilma-xilligi va nixoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Far¬g’ona va So'g’dda oltin, mis, temir va simob, eloqda qo'rg’oshin, kumush va oltin qazib olinardi.
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari xam shaxar axolisining asosiy mashg’ulotlaridan biri edi. Bu davrda ayniqsa So'g’d savdogarlarining mavqeyi baland edi.
7 asrning birinchi yarmida G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Birgina 627-yilning o'zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O'ratepa viloyatlari) dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga etib boradi.
SHunday qilib, G’arbiy turk xoqonligiga birlashgan axolining dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan o'troq qismi madaniy jixatdan ilg’or bo'lib xoqonlikning ijtimoiy turmushida etakchi rolni o'ynaydi.6-7 asrlarda O'rta Osiyoda dexqonlar tomonidan yerlarni egallashjarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Er va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor - kashovarzlar mulkdor dexqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dexqonlar asoratiga qarshi axoli bosh ko'tarishga majbur bo'ladi. SHunday xalq qo'zg’olonlaridan biri 585-586 yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo'zg’olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo'zg’olondan vaximaga tushgan mulkdor dexqonlar va boy savdogarlar Bu¬xoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o'mashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo'zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so'raganlar


Download 474.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling