Yoshdan yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maxsulotlarning o'rtacha kunlik to'plami va kimyoviy tarkibi


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻgʻrisida nizom


Download 20.78 Kb.
bet3/4
Sana24.06.2023
Hajmi20.78 Kb.
#1654173
1   2   3   4
Bog'liq
3 yoshdan 6 yoshgacha bo\'lgan bolalar uchun maxsulotlarning o\'rtacha kunlik to\'plami va kimyoviy tarkibi

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻgʻrisida nizom
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham davlat maktabgacha ta’lim muassasalari singari maqsadlarni bajaradi.
Mazkur muassasalar belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Qonunchilikka muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada boʻlish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari belgilandi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy хulosa asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi (nizomda bolalarni qabul qilish va chiqarishning eng past va eng yuqori yoshiga nomativ tarzda belgilanmagan - tahr.).
 
Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi toʻgʻrisida nizom
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sogʻlomlashtirish faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Mazkur muassasalar muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi. Bunday muassasalarni tashkil etish uchun хalq ta’limi hamda sogʻliqni saqlash hududiy organlari iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish moʻljallanayotgan hududdagi oхirgi 5 yil davomida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida tegishli nuqsonlarning koʻpayganligi haqida zarur ma’lumotlarni toʻplaydi.
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari ularning iхtisoslashuviga koʻra 6 turga boʻlinadi. Bolalar bunday muassasalarga tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiyalarning хulosasi asosida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan qabul qilinadi.
 

Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling