Yoshlada kreativ fikirlashning yordamchi omillari va mezonlari


Yoshlar hayot stretegiyasi


Download 1.03 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1328099
1   2   3
Bog'liq
Презентация3

Yoshlar hayot stretegiyasi deganda, bu ularning orzu va intilishlari, maqsad va qiziqishlarini amalga oshirish uchun oldindan hayotini rejalashtirish, maqsad va orzularga erishish yо’lida qat’iy kurashish usul va yо’llarini tanlash va ishlab chiqish, shuningdek tuzilgan reja asosida harakatlar ketma-ketligini amalga oshirilishi tushuniladi. Bu borada sotsiologlar, psixologlar, iqtisodchilar 1-5, 10 yillik rejalar tuzish va bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiqligini kо’rsatishgan. Negaki, yoshlar о’ziga xos ijtimoiy-demografik guruh sifatida, hayotiy rejalarini, orzu va intilishlarini, maqsad va qiziqishlarini tez-tez о’zgartirib turishga moyil, maqsadlarga erishish yо’lidagi harakatlarning beqarorligi bilan ajralib turuvchi strata hamdir. Shu bois yoshlar hayot strategiyasiga ta’sir etuvchi omillarning о’rni va rolini hisobga olish lozim. Bular: – turmush tarzi; – oilaviy muhit; – ijtimoiy muhit; – ta’lim-tarbiya; – individual xususiyatlar; – jamiyatda о„rnatilgan mavjud meyorlar va h.k.z.
Yoshlar hayotiy strategiyasining shakllanishida xulq namunasi ham alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, yoshlar hayot strategiyasi ma‟lum bir muhit (sotsium yoki jamoa) ta‟siriga javob tariqasida quyidagi xulq namunalarida namoyon bо„ladi: kundalik xulq namunasida; kasbiy xulq namunasida; rolli xulq namunasida; ekspressiv xulq namunasida; assertiv xulq namunasida; tasdiqiy xulq namunasida va h.k.z. Bu borada professor R.Samarov “Yoshlarga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, majmuaviy yoki integrativ tarzda yondashish lozimligini inobatga olsak, tadqiqot olib borish uchun bilimlar majmuasini funksional-tuzilmaviy jihatlarini inobatga olib, sotsiologik tadqiqotlarning nazariy asosini maqsadli shakllantirish tavsiya etilishini” [5] kо„rsatib о„tadi. Aynan yoshlar hayot strategiyasini tadqiq etish uchun vazifadorligi jihatidan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va psixologik jarayonlarni belgilovchi uchta nuqtani, ya‟ni:
shakllanish nuqtasini; rivojlantirish nuqtasini; takomillashtirish nuqtasini belgilab olish lozim.
Ilmiy manbalar tahlili, “hayot strategiyasi” konseptining bir nechta ta’riflari mavjudligini kо’rsatdi. Bu atama birinchi marta Sharlot Byuler tomonidan (1933) kiritilgan bо’lib, u shaxsning hayot yо’lini, shaxs sifatida kamol topishini, shaxs hayotining dinamikasi sifatida belgilab berdi. S.L.Rubinshteyn (1935) SH.Byulerdan farqli о’laroq, “hayot strategiyasi” konseptini “olg’a intilayotgan shaxs sifatida emas, balki yuqoriga, yuqoriroq, yanada mukammal shakllarga, inson mohiyatining yaxshiroq namoyon bо„lishiga intilayotgan shaxs sifatida kо’rib chiqadi” . Umuman olganda, yoshlar hayot strategiyasini tanlash jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy holatiga, uning madaniyatining rivojlanish darajasiga bog’liq bо’lib, ishlab chiqarish va mulkiy munosabatlar usuli, hayot darajasi va sifati, muayyan ijtimoiy qatlam va kogorta (odamlar guruhi)ga a’zo bо’lish, muayyan tarixiy davrda jamiyatda hukmronlik qiladigan urf-odatlar, g’oyalar va qadriyatlarning ta’siri va vaqti bilan, shuningdek, yoshlar hayot strategiyasini belgilashi ularning jinsi, yoshi, etnik va milliy xususiyati, ijtimoiy holati va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega belgilariga ham bog’liqdir.
Shunday qilib, yoshlar hayot strategiyalarini turli asoslarga kо’ra tasniflash mumkin, biroq ulardan eng asosiylari sifatida quyidagi turlar alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq: Birinchidan, kunlik yoki kundalik strategiyalarni tо’g’ri shakllantirish; Ikkinchidan, о’z-о’zini anglash strategiyasini shakllantirish va rivojlantirish; Uchinchidan, muvaffaqiyatga erishish strategiyasini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadga muvofiq. Yoshlar hayotiy strategiyalar tegishli usullar va manbalar orqali kundalik xattiharakatlarida, amalga oshiriladigan kelajakdagi hayot haqidagi shaxsning dinamik fikrlash tizimi sifatida ifodalanishini inobatga olsak, yoshlar hayot strategiyasini tо’g’ri shakllantirish orqali yoshlar kamolotini ta’minlashga erishish mumkin.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling