Farg’ona Davlat Universiteti
Matematika-informatika fakulteti
Amaliy matematika va informatika yo’nalishi
K19.120 guruh talabasi Abduxalilov Me’rojiddinning
YOSHLAR FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Nerv tizimining ahamiyati va gigyenasi
Tayyorladi : Abduxalilov M
Qabul qildi: Qayumova Y
Farg’ona_2023
Mavzu: Nerv tizimining ahamiyati va gigyenasi. Nerv tizimining fiziologiyasi.
Reja:
Nerv sistemasining ahamiyati.
Nerv sistemasining tuzilish birligi.
Nerv tolalarining tuzilishi va xususiyatlari.
Dominanta.
Nerv sistemasi turli bo`limlarining tuzilishi va rivojlanishi.
Vegetativ nerv sistemasi.
Bosh miya katta yarim sharlari.
Tayanch tushunchalar: Nerv, neyron, qo`zg`alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish.
Nerv tizimi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv tizimi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv sistemasi tuzilishi jihatidan markaziy va pereferik nerv sistemalariga bo`linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |