Yoshlar ishlari agentligi qarshi tuman


Download 46.12 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi46.12 Kb.
#1135024
Bog'liq
Asbob uskuna berish haqida namuna


YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI
QARSHI TUMAN
BO‘LIMI



KARSHI DISTRICT BRANCH OF THE AGENCY FOR YOUTH AFFAIRS

Qarshi tumani, “Rovot” mahallasi, Amir Temur ko’chasi, 85-uy, tel: 91-450-73-33



2023-yil _____ yanvar №01-20/ _____ Qarshi t.


Qarshi tumani, Jumabozor MFY Dasht qishlog’i, Guliston ko’chasi, 76-uyda yashovchi
Sh.Murodullayevga
[Murojaatga javob]

Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali subsidiya asosida asbob-uskuna olib berilishida amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatingiz agentlikning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘rganildi.


Aniqlanishicha, Siz oilaviy sharoitingiz og‘irligi va ishsizligingiz sababli, “Yoshlar daftari”ga kirish hamdaolish masalasida yordam so‘ragansiz.
Murojaatingiz yuzasidan Sizga quyidagilar ma’lum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi
“Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga
14-30 yosh toifasida oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, “Mehribonlik” uyida tarbiyalangan yoshlar kiritilishi belgilangan.
O‘rganishda, Siz haqiqatdan ham kam ta’minlangan oila farzandi ekanligingiz va ishsizligingiz sababli, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan 21.09.2022-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgansiz.
Shunga ko‘ra, Siz “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi inobatga olinib, Qarshi tumani Yoshlar jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga asosan subsidiya asosida zamonaviy kompyuter jamlanmasi berilganligini va murojaatingiz ijobiy hal qilinganligini ma’lum qilamiz.
Yoshlar ishlari agentligi doimo yoshlarni qo’llab-quvvatlashga hamda vakolat doirasida doimo yordam berishga tayyor.
Mazkur javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda, yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz mavjudligi tushuntiriladi


Yoshlar ishlari agentligi
Qarshi tumani bo‘limi boshlig‘i A.E.Eshdavlatov
Ijrochi A.Otamurodov.
Tel : 91 9474780
Download 46.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling