Yoshlar kelajak poydevori reja: Kirish Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan davlat siyosati
iyun – Yoshlar kuni. Yangi O‘zbekistonda kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan shukuhli bayram
Download 43.13 Kb.
|
YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI
30 iyun – Yoshlar kuni. Yangi O‘zbekistonda kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan shukuhli bayram.
Bundan roppa-rosa to‘rt yil muqaddam Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar harakati qurultoyida qatnashib, 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb e’lon qilishni taklif etgan edi. Shundan buyon ushbu sana yurtimizda katta bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilda Toshkent Botanika bog‘ida O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni mazkur forumga tashrif buyurdi. Forum o‘tayotgan Botanika bog‘i bayramona bezatilgan. Yoshlarning ilm-fan, texnologiyalar, adabiyot, san’at kabi sohalarda erishayotgan natijalarini aks ettiruvchi ko‘rgazma va namoyishlar hududlari tashkil qilingan. Davlatimiz rahbari ushbu ko‘rgazmalar bo‘ylab yurib, yoshlarning ixtirolari, mahorati, badiiy chiqishlarini ko‘zdan kechirdi. Ular bilan suhbatlashib, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Prezident bayram tadbiri maydoniga kelib, barcha yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Ma’lumki, ushbu ayyom Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish uchun butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida yoshlarimiz ham faol ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz bo‘ylab 6 millionga yaqin g‘ayrati baland, intiluvchan o‘g‘il-qizlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan festivallar barcha yoshlarimiz uchun yetuklik va haqiqiy vatanparvarlik ko‘rigi bo‘lganini ta’kidladi: – Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan umumxalq harakati saflarida siz, aziz yoshlarimizning qudratli to‘lqin bo‘lib maydonga chiqayotganingiz, yuksak tahsinga sazovordir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada alohida davlat tashkiloti – Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilgan. Bundan tashqari, Yoshlar ittifoqi, uning huzurida o‘ttizdan ortiq nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi, turli sohalarni qamrab olgan “Besh tashabbus” amalga oshirilmoqda. Joriy yil mamlakatimizda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb e’lon qilingani ham yoshlarga e’tiborning yorqin ifodasidir. Prezidentimizning yoshlarga oid siyosatida ikkita eng muhim yo‘nalish bor: birinchisi – ularga zamonaviy bilim berish, ikkinchisi – yoshlar bandligini ta’minlash. Keyingi yillardagi islohotlar, tashabbus va yangi tizimlar zamirida ana shu maqsad mujassam. Xususan, yoshlarning bilim va iqtidorini rivojlantirish maqsadida yangicha shakl va mazmundagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar tizimi yaratildi. Umuman, barcha maktablarga e’tibor, o‘qituvchilarga rag‘bat va hurmat oshdi. Yosh avlodda bilimga intilish kuchaydi. O‘tgan bir yilda bilimli va zukko yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 4 ta oltin, 18 ta kumush va 29 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Joriy yilda Prezident maktablarini tamomlagan 96 nafar o‘quvchining barchasi muddatidan avval nufuzli xorijiy oliygohlarga grant asosida o‘qishga kirdi. O‘sib kelayotgan bilimga chanqoq yoshlarning talabiga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari soni 127 taga yetkazildi, 26 ta xorijiy universitetning filiallari ochildi. Oxirgi 5 yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 mingtaga yetkazildi. Bu – umumiy qamrov 28 foiz bo‘ladi, deganidir. 4 yil ilgari bu ko‘rsatkich atigi 9 foiz edi. Davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirilgani, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani minglab oilalarga quvonch olib kirdi. Bu yil yana bir oliy ta’lim maskani – “Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etildi. Yangi o‘quv yilida unga 300 nafar yoshlar qabul qilinadi. Bandlik masalasini olsak ham, yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik asosiy o‘ringa ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. So‘nggi 4 yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘payib, ular 500 mingdan oshgani buning yaqqol dalilidir. Amaliy ishlar natijasida o‘tgan 8 oy mobaynida “yoshlar daftari”ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, “temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt puli to‘lab berildi. Bu yildan boshlab, ish beruvchilarga ularning 25 yoshdan oshmagan ishchi-xodimlari uchun hisoblangan ijtimoiy soliq summasini byudjetdan to‘liq qaytarib berish tartibi joriy qilindi. Shuningdek, kasb-hunar maktabi va texnikumlar o‘quvchilariga korxonalarda amaliyot o‘tagan davri uchun 6 oy davomida 500 ming so‘mdan subsidiya berish joriy etilgani yoshlar va ularning ota-onalari uchun katta rag‘bat bo‘ldi. Bu yil 92 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Hududlarda tashkil etilgan 186 ta Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi 3 mingta loyiha doirasida 50 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida yoshlarning bandligini ta’minlash, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, san’at va sport bilan shug‘ullanish, yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 iyundagi farmoniga muvofiq, o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol yoshlar orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Mukofotlanganlar yuksak ishonch va e’tibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, o‘qish va intilishda faol davom etishi, yanada katta natijalarga erishib, davlatimiz ishonchini oqlashini ta’kidladilar. – Bilimli yoshlar – kelajak poydevori. bugungi harakatlaringiz bilan o‘z kelajagingizga asos solyapsizlar. Men sizlar bilan g‘ururlanaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari forumga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. – Yoshlarga qaratayotgan e’tiborimiz natijalar berayotganini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Bugun hech bir soha yo‘qki, yoshlar muvaffaqiyatga erishmayotgan bo‘lsa. Yoshlarning yo‘lini ochib bersak, ularga yelkadosh bo‘lsak, yanada ulkan natijalarga erishamiz. Mening eng katta ishongan kuchim, davlatimizning eng katta boyligi – bu yoshlar, – dedi Prezident. Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi. Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling