Yoshlar kelajak poydevori reja: Kirish Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan davlat siyosati


Download 43.13 Kb.
bet5/5
Sana02.02.2023
Hajmi43.13 Kb.
#1147790
1   2   3   4   5
Bog'liq
YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI

Bilimli yoshlar – yurt tayanchi.
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.
“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.
Bugun davrning oʻzi bizdan ­beparvolik, loqaydlik illatlarini tobora uzoqlashtirmoqda. Davlat ­rahbarining shaxsan oʻzi soʻz va fikr erkinligini talab qilgan jamiyat, albatta, taraqqiyotga erishadi.Men butun hayotini ilm-fan, taʼlim-tarbiya, oliy taʼlim sohasi rivojiga bagʻishlagan inson sifatida mamlakatimiz rahbarining ilm-fanga qaratayotgan eʼtiboridan nihoyatda mamnunman. Bu Murojaatnomada ham koʻzga yaqqol tashlanib turibdi. Najot ilm-fan va taʼlim-tarbiyada ekanligini Prezident takror-takror uqtirmoqda. Mana shu haqiqatni anglagan davlatlar, jamiyatlar allaqachon taraqqiyotning eng yuqori choʻqqisini zabt etdi. Ming afsuski, biz bu borada yoʻqotishlarga yoʻl qoʻydik.Yoshlar hayotidagi bugungi muammolarning sababi nima? Shubhasiz, yigit-qizlar bandligi taʼminlanmaganida, ularning boʻsh vaqti mazmunli tashkil etilmaganida, taʼlim-tarbiya sifati zamon andozalariga mos­lashtirilmaganida.
Kuni kechagi videoselektor yigʻilishida ham ayni shu masalalarga eʼtibor qaratilib, joriy yilda 500 ming nafar oʻQil-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish zarurligi taʼkidlandi. Tuman va shaharlarda anʼanaviy yoki masofaviy oʻquv kurslarini koʻpaytirish, ishsizlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, bandligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar be­rildi.
— Bir million soʻm bersak ham, 10 million bersak ham, faqat oʻqitish kerak. Butun ­dunyoda avval oʻqitmasdan pul bermaydi, — deya taʼkidladi davlat rahbari.
“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunar kollejlarini asbob-uskuna bilan jihozlash, kasb standartlarini ishlab chiqish va oʻqituvchilar malakasini oshirish vazifalari belgilandi. Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankining 93 mil­lion dollar kreditini jalb etish moʻljallangan.
Maʼrifatparvar Ismoilbek ­Gasprinskiy yozadi: “Agar biz muayyan tarixiy sharoitlar tufayli boshqa ­xalqlardan orqada qolgan ekanmiz, bu hali bizni milliy-madaniy yuksalish huquqidan mahrum etmaydi, aksincha, u tomon yana-da kattaroq Qayrat bilan intilishga majbur etadi... Buni bizdan xalqimizning tarixi, taqdiri ­talab etadi. Ulugʻ vazifalardan va ulugʻ intilishlardan qoʻrqmang! Ular ulugʻ voqealarni tayyorlaydi va ulugʻ shaxslarni yetkazadi...»
Bundan bir asrdan ziyod vaqt oldin barcha turkiy xalqlarga qilingan bu daʼvat bugungi kunlarimizga qanchalar hamohang!
Bugun Prezident millatni maʼrifat tomon boshlamoqda. Buning uchun hech narsani ayamasligini taʼkidlamoqda. Ilm-fan Oʻzbekiston uchun taraqqiyot strategiyasi ekanligini oʻtgan toʻrt yil davomida barchamiz tushunib yetdik. Aniqroq aytganda, yurt ­rahbari bizni mana shu haqiqat ­atrofida birlashtirdi. Bugun maʼrifat millat bayrogʻiga aylandi. Faqat maʼrifat yoʻli bizni yuksaltirishini anglab yetdik. Aslida ham barcha koʻrgiliklarning, xorliklar va zorliklarning, mutelik, qullikning bosh sababi ilmsizlikdir.
Oʻtmish, bugun, kelajak uchun ham xalq nafaqat savodli, balki bilimdon boʻlishi zarur. Faqat bilim bizni dunyo xalqlariga yaqinlashtiradi, teng­lashtiradi. Faqat bilim bizning jahon sahnidagi munosib oʻrnimizni belgilaydi. Murojaatnomaning bosh maqsadi ham ilmli boʻlib, mamlakatni taraqqiy ettirishdan iboratdir. ­Prezident oldimizga qoʻyayotgan vazifalar mohiyatini anglash uchun ham, ijro etish uchun ham zamonaviy bilimlar bizga suv bilan havodek zarur.
XX asr avvalida maʼrifatparvar olimlardan yana biri Gʻilmon Karimov shunday fikrlarni ilgari suradi: “Biz uchun eng goʻzal ish ilm va taʼlim-tarbiya ishidir. Eng muqaddas intilish ilmga, taʼlim-­tarbiyaga intilishdir. Chunki insonni inson etgan bilim va mehnatdir. ­Bilim madaniy turmush-tamaddunga yetishish vositasidir...”
Mazkur haqiqatni ushbu hikmat yana-da mustahkamlaydi: “bugun dunyoda yashash uchun xalqlar koʻp bilishi va koʻp harakat qilishi lozim...” Bu bizning xalqimizga ham qarata aytilgan. Jahon taraqqiyotining eng boshida turganlar, dunyo siyosatini belgilovchilar, nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki bilim borasida ham yuksak pogʻonalarga erishishgan. Murojaatnoma xalqimiz manfaatlarini taʼminlash bilan birga, ilm-maʼrifatli boʻlishi yoʻlida tashlangan ulkan va muhim qadamdir.
Sunʼiy ravishda, maʼlum bir muddat odamlarni farovon yashatsa boʻladi. Lekin davomli, baxtli va farovon, toʻkin va boy yashash uchun ilm kerak. Buni anglamaslik kelajakka xiyonatdir.
Prezidentimiz Murojaatnomada Abu Ali ibn Sinoning “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir boʻladigan qiyinchiliklardan qoʻrqmaydi”, degan hikmatini keltirdi. Bu bejiz emas. Oʻz oldimizga qoʻygan ulugʻvor maqsadlarni amalga oshirish yoʻlida uchraydigan toʻsiqlardan qoʻrqmasligimiz kerak. Bu yoʻl millat uchun hayot-mamot yoʻlidir. Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida taraqqiyotning shunday bosqichiga keldiki, endi orqaga yoʻl yoʻq, bu yoʻlda faqat kelajak bor, erta bor. Faqat taraqqiyot, rivojlanish, yuksalish, ilm-fanning yuksak choʻqqilari, bepoyon ufqlari koʻrinadi...
Xalqning buyukligi, kuch-qudrati koʻp holatlarda tabiiy boyliklari, iqtisodiy imkoniyatlari bilan oʻlchanib kelgan. Aslida, eng sharafli mezon va oʻlchov ilm va hunardir. Bularga ega boʻlgan xalq eng ulugʻ va eng ­buyukdir.
Murojaatnoma elimiz ruhiyatini koʻtardi. Prezident oʻz xalqini qanchalar qadrlashini, eʼzozlashini ifoda etdi. Oʻtgan 2020-yilning mashaqqatlarini unutishga undadi. Ruhi baland millat marrani yuksak oladi. Ajdodlar oldidagi burchini anglagani kabi kelgusi vazifalarga ham masʼuliyat bilan qaraydi.
Bunda, albatta, yoshlar mamlakatimiz ravnaqining asosiy tayanchi va suyanchi oʻlaroq hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqishi lozim. Bu yoʻlda nafaqat yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼul sohalar vakillari, balki mahalla faollari, sektorlar rahbarlari, hokimlaru vazirlar, xullas, el-yurt taqdiriga oʻzini daxldor bilgan har bir inson bir tanu bir jon boʻlib, hamjihatlikda, jipslashib harakat qilmogʻimiz shart.
Davlat rahbari bugun bizdan aynan shuni kutmoqda. Barchani yurtimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulugʻvor Qoya asosida birlashishga, bu yoʻlda Qayrat-shijoatni namoyon etishga undamoqda.Zero, dunyo taraqqiyotidan hech bir jabhada ortda
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari orasida iqtidorli va noyob iste’dod sohiblari ko’pchilikni tashkil etadi. Iqtidorli yoshlarimizdan biri Rahmonova Gulbadanbegim Dustyor qizidir.U 2000 yil 16- aprel kuni Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek. Rahmonova Gulbadanbegim Dustyor qizi 2019 yil Samarqand viloyat yuridik kollejida alo baholar bilan o’qimoqda.
2009 yil 25-may Kattaqo’rg’on tuman 7-umumtalim maktabi tomonidan 2008-2009 o’quv yili mobaynida barcha tadbirlarda faol ishtiroki hamda barcha fanlardan a’lo baholarga yakunlagani va namunali xulqi uchun MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
2011 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Ajdodlar merosi-kelajak poydevori” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli II-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Kattaqo’rg’on tumani 1-ixtisoslashtirilgan maktabning “Humo” jamoasi a’zosi Rahmonova Gulbadanbegim diplom bilan taqdirlangan.
2011 yil 27-oktyabr Ma’rifat nuri gazetasida “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg’armasi hamda “Kamalak” Respublika bolalar ijodiyoti “Yangi avlod-2011” festivali viloyat bosqichi ishtirokchisi ekanligidan lavhalar ko’rsatilgan.
Kattaqo’rg’on tuman Lochin gazetasida “Tovus”, “Onajon” she’rlari ko’rsatilgan.
2012 yilda Yangi avlod Respublika bolalar ijodiyoti festivali Samarqand viloyat saralash bosqichi faol ishtirokchisi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2012 yil 2-may Kamolot, Kamalak bolalar tashkiloti, tomonidan tashkil etilgan “KAMALAK” bilimdonlari ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganligi uchun Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyat kengashi tomonidan Kattaqo’rg’on tuman 1-IDUMI “DONOLAR” jamoasi a’zosi Rahmonova Gulbadanbegim III darajali DIPLOM bilan taqdirlangan.
2012 yil 25-may Kattaqo’rg’on tumanidagi 1-sonli IDUMI rahbariyati 5-“a” sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegimni 2011-2012 uquv yili davomida a’lo o’qishi hamda tadbir va tanlovlardagi faol ishtiroki uchun FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2012 yil 20-oktyabr “YaNGI AVLOD”-2012 bolalar ijodiyotining tuman bosqichida na’munali ishtirok etganligi uchun Rahmonova Gulbadanbegim MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
2012 yil 26-dekabr Kattaqo’rg’on tumanidagi 1-sonli IDUMI 6-“a” sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim “YaNGI AVLOD” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida II-o’rinni egallaganligi uchun FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlanadi.
2013 yil 25-may 6-“a”sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim a’lo o’qishi va nv’munali xulqi uchun MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
2013 yil 18-oktyabr “Yangi avlod-2013” Respublika bolalar ijodiyoti va san’ati festivali Kattaqo’rg’on tuman bosqichi ishtirokchisi Rahmonova Gulbadanbegim “ShE’RIYaT” yunalishida I o’rinni egallaganligi FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2013 yil 25-oktyabrda Yangi avlod Respublika bolalar ijodiyoti festivali Samarqand viloyat saralash bosqichi faol ishtirokchisi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2013 yil 27-dekabr Kattaqo’rg’on tuman 1-sonli IDUMIining 7-“a”sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
U 2014 yil 7-may kuni Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi “Serquyosh hur o’lkam” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib I o’rinni egallaganligi uchun Kattaqo’rg’on tuman “O’lkashunoslik” to’garagi a’zosi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2014 yil 7-8 may kunlari O’zbekiston Respublikasi Samarqand Viloyat Hokimiyati O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Samarqand Viloyati Vakilligi Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti “Sotsiologiya va Iqtisodiyot nazariyasi” Kafedrasi “Milliy mafkura ruhida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ma’naviy barkamollik – komil insoniylik mezonlari va ustoz-shogirdlik tamoyillarining roli haqida” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy va amaliy anjuman ishtirokchisi. “Amir Temur hukumronligi davrida ta’lim-tarbiya, ustoz-shogirdlik masalalariga bo’lgan e’tibor” mavzusidagi ilmiy maqola muallifi. SamDAQI ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa (PhD) doktori A.T.Quldoshev tomonidan taqrizga ega bo’lgan.
2014 yil 19-may Kattaqo’rg’on kelajagi gazetasida “Fotimaning hayrati”, “Quyon” nomli she’rlari ko’rsatilgan.
2014 yil 24-may kuni Kattaqo’rg’on tuman 1-sonli IDUMI 7-“a”sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim “Eng ijodkor o’quvchi” naminatsiyasida MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
2014 yil iyun kuni Istiqlol umidlari Respublika gazetasida “Qaydlar” nomli maqollari ko’rsatilgan.
2014 yil iyul kuni Istiqlol umidlari Respublika gazetasida “Xush xabar keldi” nomli she’ri ko’rsatilgan.
2014 yil 27-sentyabr kuni Jamiyat va qonun gazetasida
“O’zbekistonim mening”, “Anor” nomli she’rlari ko’rsatilgan.
2014 yil Kattaqo’rg’on tumanidagi 1g’ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab-internati direktori tomonidan TAVSIFNOMA berilgan.
2015 yil 1-aprel Kattaqo’rg’on tuman XTMFMTTE bo’limga qarashli ARM tomonidan “Men, ota-onam, bobom, buvim-kitobxon” oila ko’rik-tanlovida faxrli I o’rinni olgan 1-sonli IDUMI o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan mukofotlangan.
2016 yil Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi “Serquyosh hur o’lkam!” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, I o’rinni egallaganligi uchun 1-sonli IDUMI Kattaqo’rg’on tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi “Yosh o’lkashunoslik” to’garagi a’zosi Rahmonova Gulbadanbegim DIPLOM bilan taqdirlangan.
2016 yil 9-yanvar Kattaqo’rg’on tumani XTMFMTTE bo’limi tasarrufidagi 1-sonli IDUMIning o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim tarix fanidan III bosqich olimpiadasidan II o’rinni egallagani uchun FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2016 yil 25-fevral Kattaqo’rg’on tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusidagi ko’rik-tanlovning tuman bosqichida I o’rinni egallaganligi uchun 1-sonli IDUMIning 9-sinf o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2016 yil Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi “Zulfiyaxonim izdoshlari” viloyat ko’rik-tanlovida ishtirok etib, II o’rinni egallagani uchun Kattaqo’rg’on tuman “Barkamol avlod” bolalar markazining a’zosi, 1-sonli IDUMI o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim FAXRIY YoRLIQ bilan taqdirlangan.
2016 yil 5-mart Kattaqo’rg’on haqiqati gazetasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko’rik-tanlovida g’olibi deb e’tirof etilgan.
2016 yil 15-16 aprel O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida olimalarning o’rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida Kattaqo’rg’on tumani 1-sonli IDUMI o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim “Eng yaxshi maqola muallifi” deb taqdirlangan. Kaliforniya universiteti professori tomonidan taqrizga ega bo’lgan. “Oilani oila qiladigan zot” mavzusidagi ilmiy maqola muallifi. Tarix fanlari doktori, professor tomonidan Sh.Ahadov va SamDAQI kafedrasi katta o’qituvchisi A.E.Ziyotova tomonidan taqrizga ega bo’lgan.
2016 yil 20-may Yoshlaarga oid davlat siyosati chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilayotgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar Respublika ko’rik-tanlovining ko’rik-tanlovining Kattaqo’rg’on tuman bosqichida “Adabiyot va jurnalistika” yunalishida I o’rinni qo’lga kiritganligi uchun FAXRIY YoRLIQ bilan mukofotlangan.
2016 yil 25 may Kattaqo’rg’on tumani Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” viloyatda faxrli II o’rinni, “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida olimalarning o’rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida Kattaqo’rg’on tumani 1-sonli IDUMI o’quvchisi Rahmonova Gulbadanbegim “Eng yaxshi maqola muallifi” deb taqdirlanganligi hamda tumanning eng bilimdon va iqtidorli o’quvchi sifatida FAXRIY YoRLIQ bilan mukofotlangan.
2017 yil davlat granti g’olibi “iqtidor.uz” huquqiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy internet veb-sayti tomonidan onlayn tarzda tashkil etilgan “Internet yoshlar nigohida” yo’nalishida g’olib bo’lganligi uchun DIPLOM bilan taqdirlangan.
2018 yil 11-oktyabr Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan xotin-qizlarni saralash maqsadida o’ttkazilgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining tuma bosqichida faxrli I o’rinni egallagan nomzod FAXRIY YoRLIQ bilan mukofotlangan.
2019 yil 17-aprel O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi tanlovi tashkiliy qo’mita nomidan institut rektorining 269-u- sonli buyrug’i asosida o’tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi tanlovida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi A.E.Ziyotova ilmiy rahbarligida faol ishtirok etganligi uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.
2019 yil 17-18 may O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Jizzax Politexnika Instituti “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va innovasion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida SERTIFIKAT bilan taqdirlangan. “O’rta Osiyo o’zbek davlatchiligi tarixida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati va uning bugungi kundagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy maqola muallifi. SamDAQI Ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti, falsafa fanlari nomzodi A.S. Safarov tomonidan taqriz berilgan.
2019 yil 22-iyun Samarqand Shahar Prokuraturasida o’quv-tanishuv amaliyotini a’lo darajada o’taganligi uchun Samarqand Shahar Prokurori nomidan TAVSIFNOMA berilgan.
2019 yil 30-iyun O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, Samarqand Viloyat Adliya Boshqarmasi Boshlig’i, Samarqand Viloyat Yuridik Kolleji Direktori tomonidan TAShAKKURNOMA berilgan.
2019 yil Yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amalga oshirish maqsadida “Tendosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Tashabbuskor Huquqshunos Yoshlar” shiori ostida Kattaqo’rg’on tumanida tashkil etilgan targ’ibot loyihasida tashabbuskorligi hamda huquqiy sohada “Besh taomil” bo’yicha olib borgan targ’iboti uchun tuman hokimligi nomidan DIPLOM bilan taqdirlangan.
2019 yil Yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amalga oshirish maqsadida “Tendosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Tashabbuskor Huquqshunos Yoshlar” shiori ostida Narpay tumanida tashkil etilgan targ’ibot loyihasida tashabbuskorligi hamda huquqiy sohada “Besh taomil” bo’yicha olib borgan targ’iboti uchun tuman hokimligi nomidan DIPLOM bilan taqdirlangan.
2019 yil Yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amalga oshirish maqsadida “Tendosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Tashabbuskor Huquqshunos Yoshlar” shiori ostida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Kattaqo’rg’on tuman kengashida tashkil etilgan targ’ibot loyihasida tashabbuskorligi hamda huquqiy sohada “Besh taomil” bo’yicha olib borgan targ’iboti uchun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Kattaqo’rg’on tuman kengashi tomonidan TAShAKKURNOMA bilan taqdirlangan.
2019 yil Yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amalga oshirish maqsadida “Tendosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Tashabbuskor Huquqshunos Yoshlar” shiori ostida Kattaqo’rg’on tuman 1-son IDUMda tashkil etilgan targ’ibot loyihasida tashabbuskorligi hamda huquqiy sohada “Besh taomil” bo’yicha olib borgan targ’iboti uchun MAQTOV YoRLIG’I bilan taqdirlangan.
2019 yil Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan TAShAKKURNOMA bilan taqdirlangan.
2019 yil O’zbekiston Adolat Sosial Demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan TAShAKKURNOMA bilan taqdirlangan.
2019 yil O’quv jarayonida o’zining innovasion g’oyalari bilan tashabbuskorlik ko’rsatdi. U yaratgan “Besh taomil” innovasion loyihasi jamiyatimiz va Respublikamiz yoshlari uchun muhim bo’lgan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni takomillashtirishga xizmat qilib kelmoqda.
Mazkur loyiha viloyat hokimligi tomonidan alohida e’tiborda bo’lib, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida hozirgi kunda tumanlarda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 16 ta shahar-tuman targ’ibot ishlari jadal olib borildi.
2019 yil “Onam ardog’ida ko’rdim vatanni” nomli ilk kitobi chop etildi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari Sobir O’nar, Luqmon Bo’rixon tomonidan taqrizlarga ega bo’lgan.
U haqida ijtimoiy tarmoqlarda “ ZAR NEVS” saytida u haqida uning huquqiy iqtidori va tashabbuskorligi yoritilgan.
Zarafshon gazetasida uning huquqiy targ’iboti e’tirof etilgan.
Kattaqo’rg’on tuman hokimining “Kompyuter to’plami” sovg’asiga sazovar bo’lgan.
2019 yil “Yosh saylovchi-2019” mavzusidagi respublika o’quv-seminarida SERTIFIKAT bilan taqdirlangan. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan saylov jarayonlarida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
2019 Menejment va ijtimoiy-iqtisodiy instituti “Iqtisodiyot va jamiyat” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalida “STIMULATION OF LEGAL LITERASY OF WOMEN THE BASIS OF SOCIETY DEVELOPMENT” mavzusidagi ilmiy maqola mullifi va sertifikat bilan taqdirlangan. Saratov shahri.
2019 Menejment va ijtimoiy-iqtisodiy instituti “Iqtisodiyot va jamiyat” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalida “INTERNATIONAL LEGAL FRAMEWORK FOR THE PROTECTION OF WOMEN`S RIGHTS” mavzusidagi ilmiy maqola mullifi va sertifikat bilan taqdirlangan. Saratov shahri.
2019 YIL Samarqand gazetasida “Korrupsiya – oddiy huquqbuzarlik emas” mavzusidagi maqola muallifi.
2019 yil Yurt salohiyati gazetasida “Taraqqiyotga daxldor tuyg’u” mavzusidagi maqola muallifi.
2020 yil Xalqaro ilmiy konfresiyada huquq yo’nalishida “Protection of women’s rights and their rights” Polsha shahri.
2020 yil Xalqaro ilmiy konfresiyada huquq yo’nalishida “STIMULATION OF LEGAL LITERASY OF WOMEN THE BASIS OF SOCIETY DEVELOPMENT” Sheffield shahri.
Bugun yoshlarimiz uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va qulay imkoniyatlarga javoban kelajagimiz egalari orasida iqtidorli va iste’dodli yoshlarimiz safi kengayib borayotgani barchamizni birdek xursand etadi.
Eng muhimi, ular davlatimizning, ota-onasining, ustozlarining ishonchini oqlashayapti.
Bu kabi iqtidorli yoshlar barchamizning faxrimiz va g’ururimizdir
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki yurtimizda biz yoshlarga berilyotgan imkoniyatdan to’g’ri foydalangan holda kuchli bilimli kadrlar bo’lib yetishishimiz zarur. Zeroki,davlatimiz kelajagi -bu biz bu bugungi yoshlar.Agarda biz hozir yoshlarimizga bilim va tarbiya bermasak hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz.Chunki rivojlangan davlatlarga e’tibor qaratsak bu davlatlar eng avvolo yoshlarga bilim bergan holda shunday darajaga erishgan.Bobolarimiz aytganday “Ilm qayda bo’lsa buyuklik bo’lar”.Bu so’z hozirgi kunda yaqqol tasdiqini topmoqda. Negaki,zamon tez rivojlanmoqda biz bugun o’qimasak ertga kech bo’ladi. Birgina misol tariqasida axborot texnologiyalari sohasini olaylik.Bu sohada bugun chiqqan yangilik ertaga eskirmoqda va bizdan buni yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etadi.
Yoshlarning o’zi qiziqqan kasb egasi bo’lishi bilan bir qatorda sport mashg’ulotlariga jalb etish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar ham yuqori ko’rsatkichlarga ko’tarilgan. Zero, “Sog’ tanda sog’lom aql” deydi donishmand halqimiz.
Bugun biz ma’naviyatimizni asrashimiz, vatan kelajagi uchun mustahkam poyedevor bo’laoladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz tomon mardonavor qadam tashlashimiz, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog’imiz, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’zlashtirishimiz bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashimiz va ona vatanimizdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asrashimiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob, insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatli, qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la munosib farzandlari bor xalq hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi, o’zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.
Download 43.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling