Yoshlar maʼnaviy-axloqiy qiyofasi shakllanishining ijtimoiy-tarixiy asoslari


Download 62 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi62 Kb.
#1233089
  1   2
Bog'liq
маколaa


YOSHLAR MAʼNAVIY-AXLOQIY QIYOFASI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-TARIXIY ASOSLARI
Mamlakatimizda barkamol shaxsni kamol toptirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishga doir me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish davlatimizning bosh vazifasi hisoblanib kelmoqda. Xalqimizdagi ozaro hamjihatlik, odob-axloqqa asoslangan munosabatlar, tanish-notanishga birdek bo’lish, mehmondo‘stlik, bag’rikenglik kabi insoniy fazilatlar jamiyatimizda sog’lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda muhimlik darajasi kun sayin oshib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”1 bo’yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa shaxs intelektual sifatlarini shakllantirish, uning jamiyat ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar ma’naviy olamini muayyan maqsadlarga muvofiq o’zgartirishga intilishlar mavjuddir. “Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda”.2 Shuning uchun ham yoshlar dunyoqarashini milliy qadriyatlarga xos shakllantirish dunyo ahamiyatidagi eng ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Ammo to’xto’vsizlik bilan o’zgarib borayotgan voqeliklar yoshlarimiz ongi va dunyoqarashini himoyalovchi yangidan yangi usullarni izlab toppishni masala qilib qo’ymoqda.
2016-yil 14-sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg’usi, bag’rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo’lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash hamda yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo’ravonlik va shafqatsizlik g’oyalaridan himoya qilish kabi ustuvor vazifalar belgilandi3. Yoshlarni bu kabi
Insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, avvalo axloqiy kamolotning ko’rinishidir. Shuning sababli o’zbek xalqining tarbiya borasidagi milliy an’analarida yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish birinchi darajali vazifa deb qaralgan. Ajdodlarimiz yoshlarga axloq va odobning eng oddiy mezonlarini o’rgatib, shundan keyingina ta’lim berishga harakat qilganlar.
Ma’naviy-axloqiy qiyofasi nihoyatda keng qamrovli bo’lib, turli omillar ta’sirida shakllanadi. Yoshlarning ma’naviy fazilatlari shakllanishida oila, mahalla, ta’lim muassasalari, jamoatchilik o’rni katta. Yoshlar axloq va odobning barcha mezonlarini boshqalardan o’rganadilar, ularni ongiga singdirib, faoliyatiga asos qilib oladilar. Ma’naviy-axloqiy tarbiya yoshlarga muayyan qoidalarni o’rgatishga emas, balki ularga har doim amal qilish ehtiyojini shakllantirishdir.
Homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish, aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish4 asosiy vazifa qilib belgilab olingan.
Xitoylik faylasuf Konfutsiy aytganidek, axloq – har bir insonning boshqalar oldidagi burchi va mas’uliyatini his qilishdir.
Aytib o’tish joizki, bir kishi uchun xos bo’lgan axloq bo’lmaydi. Barcha davrlarda axloq odamlar o’rtasidagi ma’naviyatga asoslangan munosabatlarning bosh mezoni bo’lgan. Odamlar o’rtasidagi mehr-muruvvat, hamkorlik, bir-biriga oqibatlilik, samimiylikka asoslangan munosabatlar axloq va odob borasidagi an’analarga rioya qilish orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida axloqiy tarbiya komil inson tarbiyasining asosiy yo’llaridan biri sifatida qaralgan.
Muayyan axloqiy qadriyatlar tizimi milliy o’z-o’zini anglashga yordam beradi5. Bu esa, o’z navbatida, ma’naviy kamolotga yangi imkoniyatlar ochib beradi. Zardusht tomonidan yozilgan “Avesto”da shunday nasihat qilinadi: “Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim”6.
“Avesto”ning tub ma’no-mazmunini ifodalovchi “ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyil hozirgi globallashuv davri uchun ham muhim saboqlar borligini bildiradi. Asar jahon sivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan holda, insonning har jihatdan barkamol bo’ishini ta’kidladi.
Chunonchi, “Avesto”da ta’kidlangan masalalar asosini ma’naviy-axloqiy qarashlar tashkil etadi. Shaxsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, xulq-atvori haqida ibratomus fikrlar keltirib o’tilgan. Xususan, shaxs tarbiyasida oila, ta’lim, atrof-muhit, mehnat, hunar hamda ustozning ro’li asosiy omil ekanligi yoritib berilgan.
Amir Temurning ijtimoiy fikrlari, donishmandligi, tajribalari hozirgi kunda ham uchrayotgan ba’zi muammolarni hal etishda qo’l kelishini yaxshi payqagan birinchi Prezident I.Karimov: “Biz Amir Temur davrini boshqatdan o’rganishimiz lozim. Nega deganda Amir Temur tuzuklarini o’qisam, xuddi bugungi zamonning kata-katta muammolarga javob topganday bo’laman” 7, – deb yozgan edi.
Sohibqiron Amir Temurning tafakkur mahsuli boʼlgan “Temur tuzuklari” asarida ham ahli ilm va yoshlarga qay darajada homiylik qilganligini ko’rishimiz mumkin: qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborli kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixlariga ta’zim bajo keltirdim, ortiq hurmatladim. Ularga suyurg‘ol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim, o‘sha viloyatning ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalari bo‘lsa o‘z farzandlarimdek ko‘rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohi uchun dargohimga yo‘l berdim. Raiyatini o‘zimga qaratib oldim. Xammani qo‘rquv va umid orasida saqladim. Xar mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzukdar va axloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda haddilaridan oshishlariga yo‘l qo‘ymadim. Xar elning ulug‘larini va sharaf-e’tiborli kishilarini hurmatlab, martabalarini oshirdim. Xar mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim8.
Ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan, gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladigan, sharqda “nizomi millati va din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadigan Alisher Navoiy yoshlar tarbiyasi haqida shunday deydi; kichik yoshlarg‘a ulug‘lar harakoti anga dalildurkim, ne aqli bo‘lg‘ay, ne uyoti. Qarikim, saqolin vusma bila bo‘yag‘ay, yigitdekdurkim, ani gulob bila yuvg‘ay9.
Ma’naviyatni yuksaltirish borasidagi davlat g’amxo’rligi ma’naviy-axloqiy tarbiyaga e’tiborning yuksak cho’qqisidir. Zero, ma’naviyatsiz tarbiyani, tarbiyasiz ma’naviyatni yaratib bo’lmaydi. Bu xususida birinchi Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Ma’naviyat juda nozik tarbiyaviy soha. Buni o’zibo’larchilikka tashlab qo’yib bo’lmaydi”10. Bundan ko’rinib turibdiki, ma’naviy-axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga ham ilmiy-nazariy, ham amaliy jihatdan e’tiborni kuchaytirish lozim. Zero, taraqqiyot tarbiyaning mahsulidir11.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va ilmiy tadqiqot institutlarida yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish, intelektual faoliyatni qaror toptirish, ilmiy-texnik, kreativ, tanqidiy tafakkurning rivojlantirish masalalarini tahlil etishga qiziqish keskin kuchaydi. Mazkur yo’nalishda, ayniqsa, yoshlik davrida tafakkurini rivojlantirishning ustuvor usullari va shart-sharoitlarini ifodalovchi mexanizmlarni aniqlash hamda joriy etish muammosiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli innovatsion tafakkurni shakllantirish va uning ilmiy-texnik tafakkur xususiyatlarini ijtimoiy-gumanitar fanlarning tegishli kategoriyalari asosida tahlil etish dolzarb masala hisoblanadi.
O’zbekistonda ham ma’naviylik, axloqiylik va barqarorlikni ta’minlash, yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirishda sharqona ma’naviy-axloqiy imperativlarning o’rni katta bo’lib, uning nazariy va praksiologik jihatlarini falsafiy kategoriyalar asosida tadqiq etish zamonaviy ilm-fan oldida turgan muhim masaladir12.
Buni misoli sifatida Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasini eslaymiz:

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling