Yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish


Download 50.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi50.41 Kb.
#258635
Bog'liq
mpdf



Yoshlar  o‘rtasida  mutolaa

madaniyatini shakllantirish

Munosabat

Intellektual yoshlarni shakllanishida kitobning ahamiyatini

yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish va shu

orqali mustaqil fikr-mulohaza qilish, jahon ilm-fan va

madaniyati yutuqlaridan bahramand etish maqsadida,

Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning

To‘rtinchi yo‘nalishi-YOshlar ma’naviyatini, ular o‘rtasida

kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni

tashkil etilishi ham bugungi kunda yoshlar o‘rtasida

kitobxonlikni rivojlantirishga berilayotgan imkoniyatlarning

yana bir na’munadidir.

Har bir insonning, har bir oilaning , jamiyatimizning asosiy

vazifasi qobilyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismonan va

ma’nan etuk,ota-onasiga , Vataniga sodiq insonlar qilib

tarbiyalashdan iborat. Demak, yoshlarimizning eng birinchi

galdagi mutolaa madaniyatining shakllantiradigan asosiy

insonlar bu ularning ota-onalari hisoblanadi.

Oila tarbiyasida oilaning butun turmush tarzi va ota-

onalarning bolalar bilan munosabati katta ro‘l o‘ynaydi.

Bundan tashqari, aqliy rivojlanish insonning butun umri

mobaynida amalga oshsa, bundan farqli ravishda, xarakter ,

iroda, hissiyot asosan bolalik va yoshlik yillarida tarkib

topadi.



Farzand tarbiyasi ma’suliyatni talab etadi. Ma’suliyatni his

qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib , uning

oqibatlarini oldindan tasavvur qiladi erishish uchun butun

kuch va salohiyatini safarbar etadi.

Oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish asosida ota-ona

farzandlarining nurli kelajak uchun zamin hozirlayotgan

bo‘ladi. Bu ota-onadan farzand oldidagi ,el-yurt oldidagi

ma’naviy burchni to‘g‘ri anglashni , oilaviy munosabatlarni

shakllantirish , ularni mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib

tarbiyalashni taqazo etadi

Qatrada quyosh aks etganidek, farzandda onaning ma’ naviy

qiyofasi ham aks etadi. Zero, Hadisi sharifda: Hech bir ota

o‘z farzandiga xulq, odobdan buyukroq meros bera olmaydi»,

deyiladi. Haqiqatdan ham , bola kelajakda qanday inson bo‘lib

etishishi ko‘proq ota-onasiga , o‘z oilasiga, ilm olayotgan

dargohiga hamda uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq. Shunday

ekan, har bir ota-ona o‘z farzandini ezgu maqsadga

intiluvchan, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil davom

etuvchi, o‘qish va ishda matonatli, tashabbuskor qilib

tarbiyalmog‘i lozim. Chunki bugun biz tarbiyalayotgan

farzandlar ertangi O‘zbekistonning nurli kelajagi bo‘lib

xizmat qiladi.



Moximir Mamadjanova,

ADTI o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi,

Moxigul Umarxo‘jayeva

ADTI Stomatologiya fakulteti 1-bosqich 102- guruh talabasi

Download 50.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling