“yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish”
Download 18.26 Kb.
|
TALABALAR O’RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI TARG’IB QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalangan adabiyotlar.
TALABALAR O’RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI TARG’IB QILISH Sadullaev Atanazar Jismoniy madaniyat farulteti Sport faoliyati kafedrasi katta o’qituvchisi, Bugungi kunda mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish davlat darajasiga ko`tarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “2020 yil 2 martdagi PF5953-son”li hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qonunni 2020 yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonlari ijrosini ta`minlash21 , shuningdek, aholi sog`lig`ini mustahkamlashga ko`maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlar, ayollar va keksalarni sog`lom turmush tarziga keng jalb qilish va ularni jismoniy faolligini oshirish uchun qo`shimcha shrt-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inson dunyoga kelar ekan, baxtli bo’lishni orzu qiladi va unga intiladi. Insonning baxtli hayot kechirishini ta’minlovchi omil-bu uning sog’lom turmush tarzidir. Turmish tarzini insonning ayrim odat, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish usuliga ko’ra sog’lom va nosog’lom turmish tarzi tarzi sifatida ikki guruhga ajratish mumkin.1 Sog’lom turmish tarzi deganda quyidagilarni etiborga olish zarur: - Faol jismoniy harakat qilish, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish;22 - Kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish, jismonan va ruhiy toliqishga yo’l qo’ymaslik, aqliy va jismoniy mehnatni gigienik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish; - To’g’ri va sifatli ovqatlanish; - Shaxsiy va umumiy gigiena talablariga rioya qilish - Yuqumli kasaliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish; Insoniyat ko’p yillar davomida yosh avlodni sag’lom tarbiyalash masalasiga ham ijodiy, ham amaliy yondashib kelgan. Buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy “Odam uchun doi harakatda bo’lish-xayotlikdan asardir, jonsiz mavjudodlar tiriklik nishonasidan behabardirlar”, - deganida, u ming karra haqdir. Darhaqiqat inson hayotining negizini kuch quvvat, sog’lik va harakat tashkil etadi. Ovqatlanish – tiriklik, hayotni ta’minlovchi eng asosiy ehtiyoj. Chunki har qanday tanadagi hayotiy jarayonlar tiriklik, harakat, o’sib-ulg’ayish, salomatlikning darajasi ovqatlanish hisobiga bo’ladi. Ta’kidlab o’tish joizki, ratsional ovqatlanish (ratsional – oqilona, maqsadga muvofiq) organizmning quvvat sarfini to’ldirish, insonning hayoti va faoliyati uchun zarur bo’lgan vitamin, mikroelementlarni qamrab olgan, tarkibi hamda miqdori jihatdan organizmning imkoniyatlariga mos keladigan ozuqa bilan ovqatlanishdir. Kundalik hayotimizda amal qilishimiz lozim bo’lgan muhim qoidalardan biri ovqatlanish tartibidir. Iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari insonning jinsi, yoshi, ish faoliyati hamda yil fasliga ham bog’liq. Agar bir kecha-kunduzda uch marta ovqatlansak, ertalabki nonushta umumiy ovqatlanish miqdorining 25-30 foizini, tushlik 40-50 foizini, kechki ovqat esa qolgan foizini tashkil etishi kerak. To’g’ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish hayot davomida inson salomatligini ta’minlaydigan muhim mezonlaridan biridir. O’z salomatligini o’ylaydigan yoshlar to’g’ri ovqatlanish madaniyatini o’zlashtirgan bo’lishlari, ya’ni oqsil, yog’, uglevod, vitamin, mineral moddalar va suvning organizm uchun ahamiyatini bilishlari zarur. Oqsillar: Biz oqsillarsiz yashay olmaymiz, chunki ular hujayralar asosini tashkil etib, hayotiy zarur moddalar tarkibiga kiradi. Organizmning oqsil moddalarga bo’lgan ehtiyojini go’sht, baliq, tuxum, sut, dukakli donlar – loviya, mosh kabilar ta’minlaydi. Odamning ovqat ratsionidagi oqsilning 60 foizi hayvon go’shtidagi oqsillar hisobiga qondiriladi. Ovqat ratsioni tarkibida oqsil moddalarning yetishmasligi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Yog’lar: Yog’ mahsulotlari organizm uchun quvvat manbai hisoblanib, ular ikki xil bo’ladi: 1. Hayvon yog’lari; 2. O’simlik yog’lari. O’simlik yog’lari tarkibida xolesterin moddasi bo’lmaydi, shuning uchun yengil hazm bo’ladi. Hayvon yog’lari tarkibida yuqori darajada xolesterin bo’ladi. Tibbiyot inson organizmidagi yog’larning 3/1 qismi o’simlik yog’lari bo’lishi lozim, deb ta’kidlaydi. Uglevodlar - energiyaning asosiy manbai. Uglevodga bo’lgan talab un, yorma, kartoshka hisobiga qoplanadi. Odam ovqatida uglevod yetishmasa, jismoniy va aqliy qobiliyati pasayadi, qonda chala oksidlangan moddalar to’planadi, ortiqcha uglevod yog’ga aylanadi. Vitaminlar. Oziq-ovqat ratsionida vitaminlarning bo’lishi juda zarur. Vitaminlar normal hayot faoliyatini ta’minlaydi. Ular organizmda yetishmasa yoki ortiqcha bo’lsa, fermentlar tizimi va moddalar almashinuvi buziladi. Mineral tuzlar: Organizmda mineral tuzlar, mikroelementlarning ham ahamiyati katta. Mineral tuzlar to’qima, to’qima suyuqligi, qon, plazma va suyaklarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Suvning ahamiyati: Suv inson organizmining 70 foizini tashkil etadi. Organizmning hayot kechirishida, fiziologik jarayonlarning mo’tadil kechishida suv hal qiluvchi rol o’ynaydi. Suvsiz ovqat hazm qilish ham, hujayralardagi moddalar almashinuvi ham buziladi. Organizm uchun zarur miqdorda suvning iste’mol qilinishi inson salomatligini saqlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Suyuqlikni haddan tashqari ko’p iste’mol qilish, ayniqsa, uni birdaniga ko’p ichish zararli, odam ko’p terlaydi, «suyulib» ketgan qon kislorod tashish vazifasini yaxshi bajara olmaydi, natijada yurak, tomir va buyraklarga og’irlik tushadi. «Tarbiyaning ajratib bo’lmaydigan bir tarkibi – jismoniy tarbiya», deb ta’kidlagan Abu Ali ibn Sino. Xalqimiz azal-azaldan jismonan baquvvat, ma’nan sog’lom kishilarga katta e’tibor, hurmat va havas bilan qaragan. Anna shunday insonlardan biri Xorazm elining asl farzandi, kuragi yerga tegmagan kurashchi Pahlavon Mahmud xalq qahramoni sifatida e’tirof etilgan. Bugun mustaqil mamlakatimiz sportini jahonga ko’z-ko’z qilayotgan vatandoshlarimiz ham kundan-kunga ko’paymoqda. Sportni rivojlantirish maqsadida Farmon va qarorlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga, shu bilan birga, sog’lom avlodni shakllantirishga katta zamin yaratdi. Maktab o’quvchilari o’rtasida «Umid nihollari», kollej va lisey o’quvchilari o’rtasida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o’rtasida «Universiada» o’yinlarining tashkil qilinishi yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashuviga zamin bo’lmoqda. Har bir yosh jismoniy tarbiya turini tanlashdan oldin, birinchi navbatda, o’z sog’liq darajasini tibbiy ko’rikdan o’tish yo’li bilan baholash, qaysi sport turi bilan shug’ullanish mumkinligini, u yoshiga, yil fasliga, organizmning ayni paytdagi holati va shu kabi o’ziga xos xususiyatlarga baho berib, jismoniy faollik turini to’g’ri tanlashi zarur. Har bir insonda jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish oiladan boshlanadi. «Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanib turuvchi kishi davolanishga kamdan-kam muhtoj bo’ladi» deb yozgan edi. Abu Ali ibn Sino. Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtiruvchi va tarbiyaviy vazifalari quyidagilardan iborat: - butun kun davomida yaxshi kayfiyatda bo’lasiz; - ishingiz unumli, ijodiy faoliyatingiz kuchli bo’ladi; - asablar tizimi muvozanatlashib, bosiq, mulohazali bo’lasiz; - faollik, tashabbuskorlik, qiyinchilikdan, dovyurak, do’stlik hissiyotlarini shakllantiradi; - muntazam ravishda jismoniy mashq bilan shug’ullanish gigiyenik ko’nikmalarning shakllanishiga olib keladi; - organizmdagi yog’lar kamayib, ixcham, epchil, chaqqon bo’lasiz; - mushaklaringiz tortishib, qomatingiz ko’rkam va kelishgan bo’ladi; - tomirlarda qonning oqishi yaxshilanib, tana va a’zolarga kislorod hamda oziqlarning borishi yaxshilanadi; - organizmning himoya qobiliyati oshadi; - o’zgalarga qaraganda yosh, ko’rkam, ishchan va sog’lom bo’lasiz. Jismoniy sog’lomlashtirish usullari orasida ertalabki badantarbiya ommaviyligi bilan ahamiyatga ega. Ertalabki badantarbiya tanani uyg’otadi, modda almashinuvini yaxshilaydi, tanaga rohat va faollik bag’ishlaydi, kayfiyatni ko’taradi, karaxtlikni yo’qotishga yordam beradi. Ertalabki badantarbiya har kuni o’z vaqtida ochiq havoda o’tkazilsa, yaxshi samara berish bilan birga, kun bo’yi teranlik va o’qish qobiliyatini oshiradi. Insonga xos erinchoqlik sabab aksari yoshlarimiz o’zlari uchun foydali bo’lgan jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish o’rniga qimmatli vaqtlarini televizor, kompyuter qarshisida turli ko’rsatuvlar ko’rib, o’yinlar o’ynab, pivo va boshqa ichimliklar ichib “dam olishga” sarflashni afzal ko’radilar. Natijada, ular bunday kam harakatlilik oqibatida turli kasalliklar kelib chiqadi. Harakatlar qanday bo’lmasin, ular badan va a’zolarning faol ishlashi hisobiga energiya sarf bo’lishi bilan bog’liq. Har bir insonning kundalik hayotiga qilishi zarur harakat turlari: -mehnat; - sport o’yinlari; - raqs; - yoga mashqlari; - jismoniy tarbiya. Bugungi yoshlar ertaga mamlakatimiz ravnaqini, maqsadlarimizni ro’yobga chiqaradigan kishilardir. Ular har tomonlama yetuk, shu jumladan, jismonan sog’lom bo’lishlari shart. Millat kelajagi haqida qayg’urgan Abdulla Avloniy ham bola tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, tarbiya jarayonini uch qismga bo’lgan edi: «Badan tarbiyasi», «Fikr tarbiyasi» va «Axloq tarbiyasi». Zero, A.Avloniy «Badan tarbiyasi»ni birinchi o’ringa qo’ygani bejiz emas. Bunda, «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o’qimoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz tana lozimdir. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar ko’p yaxshi ishlarga qodir bo’la olmaydilar. Fikr tarbiyasi uchun mustahkam va sog’lom bir vujud kerakdir», deb bejiz ta’kidlamagan. Foydalangan adabiyotlar. 1. I.A.Karimоv. “Barkamоl avlоd O’zbekistоn taraqqiiyotining pоydеvоri”. Tоshkеnt-1997 yil. 2. O’zbekistоn Rеspublikasi “Jismоniy tarbiya va spоrt to’g’risida”gi qоnuni. 2015 yil 04-sentyabr. 3. Rahmon Arziqulov. Sog’lom turmush tarzi asoslari. (Valeologiya). T., 2009yil. 4. Yosh spоrtchilarning jismоniy qоbiliyatlarini rivоjlantirish. Gоncharоva О.V O’quv qo’llanma. Tоshkеnt 2005 5. Uzluksiz ta’lim tizimida оmmaviy spоrt-sоg’lоmlashtirish ishlarini samarali bоshqarish. Aхmatоv M.S. O’quv qo’llanma Tоshkеnt 2007 Download 18.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling